Germaniyada böyi pastligi sabab tuşkunlikda yurgan Leon Otremba operatsiya orqali oyoqlarini uzaytirişga qaror qildi. Ikki yil içida uning böyi 24 santimetrga ösdi, ammo endi uning hayoti kuçli oğriqlar bilan davom etmoqda, deb yozadi Metropoles.

Qayd etilişiça, 23 yoşli Otremba böyi 171 santimetr bölganidan juda uyalgan, u özini pakana deb hisoblab kelgan. Şu bois u ikki yil davomida oyoqlarini uzaytiriş böyiça ikkita operatsiyani boşdan ötkazgan va hozirda uning böyi 195 santimetrni taşkil etadi.

Birinçi operatsiya 2023 yilda amalga oşirilgan. Öşanda metall sterjenlar va taşqi fiksator yordamida Leonning son suyaklari 10 santimetrga uzaytirilgan. Suyaklarni sekin-asta çöziş uçun konstruksiya har kuni 1 millimetrga tortilgan. U operatsiya joyi yalliğlanmasligi uçun muntazam tekşiruvdan ötib turgan.

Ikkinçi operatsiya 2025 yil boşlarida ötkazilgan. Bu safar uning boldir suyaklari klik-tizimli içki mexanizm yordamida uzaytirilgan. Leonning ta’kidlaşiça oğriq u qadar kuçli bölmagan, ammo operatsiyadan keyin özini tiklab olişi uçun oylar kerak bölgan. Yigit hatto yurişni qaytadan örgangan.

Öz navbatida ortopedlarning ogohlantirişiça, bu kabi operatsiyalar inson soğliğiga katta xavf tuğdiradi. Luçano Miller ismli şifokorga köra, oyoqlarni uzaytiriş faqat tibbiy körsatkiçlar, masalan, tuğma kasalliklar holatida amalga oşirilişi lozim. Uning ta’kidlaşiça, şifokorlar aralaşuvi muşaklarga ta’sir körsatadi va tana biomexanikasini buzadi.