«Özatom» agentligi, Vengriya Taşqi işlar va savdo vazirligi hamda MVM EGI Zrt. kompaniyasi örtasida AES qurilişi loyihasida hamkorlikning qator muhim yönalişlari böyiça erişilgan kelişuvlarni qayd etuvçi bayonnoma imzolandi.

«Özatom» xabariga köra, Vengriya delegatsiyasining Özbekistonga amaliy taşrifi doirasida muhim hujjat tasdiqlandi.

Hujjat, jumladan, mexanik tortiş kuçiga asoslangan quruq sovutiş tizimlarini qöllaş, uskunalarni yetkazib beriş böyiça texnik-tijorat takliflarini tayyorlaş, Özbekiston hududida quruq sovitiş tizimlarini yirik uzelli yiğişni taşkil etiş böyiça qöşma korxona taşkil etiş işlarini boşlaş, şuningdek, Vengriya tomonidan ta’lim dasturlari va stajirovkalarni işlab çiqişni nazarda tutadi.

Ta’kidlanişiça, bayonnomaning imzolanişi mintaqaviy darajada atom energetikasi sohasidagi köp tomonlama hamkorlikni kengaytiriş yölidagi muhim qadam böldi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston va Rossiya AES quriş böyiça 2018 yilda şartnoma tuzgan, öşanda 1,2 GW quvvatga ega ikkita energoblok reja qilingandi. Keyinçalik şartnomaga özgariş kiritildi va Jizzaxda kam quvvatli (330 MW) AES qurişga qaror qilindi.

2025 yil iyun oyida «Özatom» agentligi va Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi Özbekistonda katta quvvatli atom elektr stansiyasini quriş böyiça ham bitim imzoladi.