Joriy yilning aprel-iyun oylarida Özbekistonga xorijdan uç milliondan ziyod sayyoh keldi.

Turizm qömitasi ma’lumotiga köra, Özbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimi har oyda barqaror ravişda bir million kişidan oşgan. Bu nafaqat mamlakatga bölgan qiziqişni tasdiqlovçi tarixiy natija, balki turizm sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarning samaradorligini körsatuvçi dalildir.

2024 yilning şu davriga nisbatan xorijlik sayyohlar soni qariyb 20 foizga köpaygani soha uçun katta yutuq hisoblanadi. 2025 yil aprelda Özbekiston birinçi marta bir oy davomida 1 milliondan ortiq xorijlik sayyohni qabul qildi, may oyida esa yangi rekord örnatildi – 1,1 million sayyoh. Iyun oyida 1,1 millionga yaqin sayyoh keldi.