Yangi yeçim kelajakda haydovçilarga "yaşil tölqin" orqali harakatlaniş uçun optimal tezlikni tavsiya qiliş, tirbandliklar va taksi yetib keliş vaqti prognozi aniqligini oşiriş imkonini beradi. Pilot loyiha Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda.

Hozirda mazkur yangilik Toşkentda sinov tariqasida joriy etilgan. Ayrim hududlarda – masalan, Amir Temur şohköçasi hamda Tiklaniş va Gulyor köçalari kesişmasidagi svetoforlar töğrisidagi ma’lumotlar Yandex Maps va Navigator xizmatlarida allaqaçon körsatilmoqda. Yandex Uzbekistan bu yeçimni boşqa şaharlarga ham kengaytirişni rejalaştirmoqda.

Endi haydovçilar smartfon ekrani orqali svetoforning qaysi çiroği yonib turganini bilişlari mumkin. Kelgusida esa ekranda harakatni qaçon davom ettiriş mumkinligini körsatuvçi teskari taymer ham joriy etiladi. Bu öz navbatida harakatdagi keskin burilişlar yoki töxtaş çiziğida ortiqça töxtaşlar sonini kamaytiradi va çorrahalardagi xavf-xatarlarning oldini oladi. Bunday ma’lumot ayniqsa, yangi haydovçilar uçun şaharda harakatlanişni yengillaştiradi.

Svetoforlar haqidagi ma’lumot navigatsiya xizmatlariga manzilga yetib boriş vaqti prognozi aniqligini oşirişga yordam beradi. Bu hisob-kitoblarda endi örtaça emas, balki haqiqiy töxtaş vaqtlari inobatga olinadi. Şuningdek, haydovçilarga bir neçta çorrahalardan yaşil çiroqda ötib ketiş uçun ruxsat etilgan optimal tezlikni tavsiya qiliş mumkin böladi. Qöllanmaning boşqa şaharlarga ham tatbiq qilinişi yoqilği tejamkorligiga hissa qöşadi. Texnologiya tirbandliklar prognozini aniqroq qiliş va ularning sababini tuşuntiriş imkonini ham beradi.

Hozirda svetoforlar haqidagi ma’lumotlar Yandex Maps, Navigator hamda Apple CarPlay va Android Auto dasturlarida mavjud. Bundan taşqari, uşbu yeçim Yandex Go xizmatida ham joriy qilinişi mumkin. Bu taksi çaqiriş va yöl vaqti aniqligini yanada oşiradi.