Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston prezidentining “Suğurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirişning kompleks çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini ta’minlaş çora-tadbirlari haqida”gi qarori qabul qilindi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabariga köra, qaror bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurtasiga tegişli özgartirişlar kiritildi.
Unga köra:
🔵aktuar hisob-kitoblar asosida suğurta tariflari qayta körib çiqilib, suğurta summalari va mukofotlari bozor tamoyillariga muvofiqlaştirildi;
🔵2026 yil 1 yanvardan boşlab transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça suğurta summasini 80 mln sömgaça (amalda 40 mln söm) oşirilişi belgilandi, bu öz navbatida YTH natijasida jabrlangan şaxslarning mol-mulkiga, hayotiga va soğliğiga yetkazilgan zarar miqdorini qoplaş uçun yönaltiriladigan mablağning bugungi kun talabiga mos ravişda bölişiga xizmat qiladi;
🔵haydovçilar soniga qarab çeklangan va çeklanmagan polislarni rasmiylaştiriş mexanizmi belgilandi. Bunda aybdor deb topilgan suğurta qildiruvçining suğurtalovçisi tomonidan suğurta da’volari va boşqa nizolarni körib çiqiş tartibi aniqlaştirildi.
Suğurta tölovlarini kafolatlaş jamğarmasiga transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurtasi bilan boğliq masalalar yuzasidan huquqiy maslahat hamda YTH töğrisidagi xabarnoma bilan boğliq adjasterlik xizmatini körsatiş funksiyasi qöşildi.
Majburiy suğurtalaş majburiyatining bajarilişini nazorat qiliş uçun mas’ul organlar va Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimini yuritiş tartibi aniqlaştirildi.
Manfaatdor davlat organlari bilan majburiy suğurta böyiça elektron ma’lumot almaşinuvi yölga qöyilişi belgilandi.
2026 yil 1 apreldan Yagona suğurta billing tizimi joriy etiladi. Bu polislarni rasmiylaştirişda suğurta mukofotlari tuşumlarining markazlaştirilgan hisobini yuritilişini ta’minlaydi.
Fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qilmagan şaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortiş mexanizmlarini takomillaştirişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritiş topşirildi.












