Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Xalqaro sudi: Davlatlar iqlimni himoya qilish majburiyatiga ega
BMT Xalqaro sudi qaroriga ko‘ra, davlatlar iqlimni himoya qilish majburiyatiga ega, chunki toza atrof-muhit ko‘plab inson huquqlaridan foydalanishning asosiy shartidir.
BMT Xalqaro sudi qaroriga ko‘ra, davlatlar xalqaro huquq bo‘yicha iqlimni parnik gazlari tashlanmalari ta’siridan himoya qilishga majbur. Bu haqda 23 iyul, chorshanba kuni tashkilot saytida ma’lum qilindi.
Sud tasdiqlashicha, BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi, Kioto protokoli va Parij kelishuvi kabi shartnomalar ishtirokchisi bo‘lgan davlatlar tashlanmalarni kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish, shuningdek, bu sohada bir-biri bilan hamkorlik qilish, jumladan, isishni Tselsiy bo‘yicha 1,5 daraja miqdorida cheklash maqsadiga erishish majburiyatini oladi.
Sud, shuningdek, iqlim shartnomalari doirasidan tashqarida ham, davlatlar odatiy xalqaro huquq bo‘yicha «atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazilishining oldini olish» va bunday oqibatlarning oldini olish uchun barcha mavjud choralarni ko‘rish, shuningdek, ushbu sohada bir-biri bilan hamkorlik qilish majburiyatiga ega ekanligini aniqlashtirdi.
Sud qarorida ta’kidlanishicha, «toza, sog‘lom va barqaror atrof-muhit ko‘plab inson huquqlaridan foydalanishning asosiy sharti» ekan, davlatlar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish orqali bunday huquqlardan foydalanishni kafolatlashi kerak.
Mavzuga oid
18:27 / 14.07.2026
BMT Farg‘ona vodiysini zilzila xavfi yuqori hududlar qatoriga kiritdi
13:26 / 14.07.2026
Urushlar, og‘ir qarz yuklari, valutalar zaiflashuvi, tengsizlik va azob – Guterrish bugungi dunyo haqida nutq so‘zladi
10:55 / 14.07.2026
BMT husiychilar va Saudiya o‘rtasidagi keskinlikdan xavotir bildirdi
11:07 / 10.07.2026