Milliy statistika qömitasi uy xöjaliklari tanlanma kuzatuvlari natijalariga tayanib, uşbu maʼlumotlarni eʼlon qildi.

Qayd etilişiça, 2021-yilda 10 yoş va undan katta ayollar orasida internetdan foydalanuvçilar uluşi 76,6 foiz bölgan. 2026-yilning yanvar–avgust oylarida esa bu körsatkiç 97 foizga yetgan.

Mazkur davrda 10 yoş va undan katta erkaklarning 97,5 foizi internetdan foydalangan. Şu tariqa, erkaklar va ayollar örtasidagi farq 0,5 foiz bandni taşkil etgan.