Visual Capitalist taqdim etgan infografika Jorjtaun Ayollar, tinçlik va xavfsizlik institutining «Ayollar, tinçlik va xavfsizlik» indeksi ma’lumotlariga asoslangan. Reytingga jami 181 davlat kiritilgan.
Indeks mamlakatlarda ayollarning jamiyatdagi iştiroki, xavfsizligi va imkoniyatlarini aks ettiruvçi körsatkiçlar asosida şakllantirilgan. Eng yuqori natija 1 ballga yaqin hisoblanadi, biroq reytingdagi heç bir davlat 1 ballga yetmagan.

Eng yuqori körsatkiçlar asosan Şimoliy Yevropa mamlakatlarida qayd etilgan. Reytingda birinçi örinni Daniya egallab, 0,939 ball töplagan.
Keyingi örinlarda Islandiya - 0,932 ball, Norvegiya - 0,924, Şvetsiya - 0,924 va Finlandiya - 0,921 ball bilan joylaşgan.
Şu tariqa, reytingning dastlabki beşta örnini Şimoliy Yevropa davlatlari egallagan. Lyuksemburg, Belgiya va Niderlandiya ham 0,9 balldan yuqori natija körsatgan.
Reytingning qarama-qarşi tomonida esa Afğoniston joylaşgan. Mamlakat 0,279 ball bilan ayollar uçun şaroitlar böyiça eng past natijani qayd etgan.
Şuningdek, Yaman - 0,323, Markaziy Afrika Respublikasi - 0,362, Suriya - 0,364, Sudan - 0,397 va Haiti - 0,399 ball bilan reytingning quyi qismida joylaşgan.
Rossiya esa 0,718 ball bilan 75-örinni egallagan.
Taqqoslaş uçun, Armaniston 0,762 ball, Belarus 0,739 ball, Qozoğiston 0,722 ball va Ozarboyjon 0,653 ball natija qayd etgan.













