Xususan, Navbahor tumanidagi “Paradice Garden” MÇJning uzumni qayta işlaş va şarbat işlab çiqariş loyihasiga 1,1 million AQŞ dollari miqdorida qöşimça kredit ajratilib, 70 nafar işsiz ayol doimiy iş bilan ta’minlanadigan böldi.
Şuningdek, “Yashil Orol by Grand” MÇJ tomonidan barpo etilayotgan, umumiy qiymati 10 mlrd sömlik (şundan 5 mlrd sömi bank krediti) sohilböyi ekoturizm maskani loyihasi örganildi. Sentyabr oyida işga tuşadigan uşbu maskanda 40 ta yangi iş örni yaratiladi.
Polietilen quvurlar işlab çiqaruvçi “Jahon savdo plast” MÇJga esa 160 ming AQŞ dollari kredit ajratilib, 15 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanadi. Bundan taşqari, korxonaning oylik elektr energiyasi xarajati qariyb 45 mln sömni taşkil etişi inobatga olinib, 300 mln sömlik kredit hisobiga 100 kVt quvvatli quyoş panellari örnatilişi belgilandi. Bu oyiga 30 mln söm tejaş imkonini beradi.
“Yoşlar kuni” munosabati bilan Navoiy şahridagi “Turon” mahallasida ötkazilgan uçraşuvda esa yoşlarning taklif va muammolari tinglandi. Şuningdek, “Loyihalar ofisi”ga murojaat qilgan tadbirkorlar bilan muloqot ötkazilib, mutaxassislar kömagi hamda sun’iy intellekt imkoniyatlari orqali ularning ğoyalari tayyor biznes-loyihalarga aylantirildi.

















