2027-yilgi FIFA ayollar örtasidagi Jahon çempionati qit’alararo pley-off turnirining dastlabki bosqiçiga qur’a taşlandi.
Unga köra, Özbekiston ayollar milliy jamoasi saralaşning uşbu bosqiçida Papua Yangi Gvineya, Gana va Janubiy Afrika Respublikasi jamoalari bilan bahs olib boradi.

Dastlabki bosqiç 2026-yilning noyabr–dekabr oylarida markazlaştirilgan bitta manzilda taşkil etiladi. Dastlabki bosqiç yakuniga köra 2 ta terma jamoa final pley-off bosqiçiga yöl oladi.
Hal qiluvçi pley-off bosqiçi 2027-yil fevral oyida markazlaşgan holda ötkaziladi. Unda dastlabki bosqiçdan çiqqan ikki jamoaga KONKAKAFdan 2 ta, KONMEBOL va UYeFAdan bittadan jamoa qöşiladi.
Jami 6 ta milliy jamoa qur’a orqali 3 ta yönalişga taqsimlanadi. Har bir yönalişda bittadan hal qiluvçi pley-off uçraşuvi ötkaziladi. Uşbu uçraşuvlarda ğalaba qozongan 3 ta jamoa ayollar örtasidagi Jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritadi.
Ayollar örtasidagi Jahon çempionati 2027-yil 24-iyun – 25-iyul kunlari Braziliyada bölib ötadi.













