2024 yilda Özbekiston aeroportlarida 46 nafar yölovçi soğliği sababli parvozga qöyilmadi. Joriy yilning 6 oyida esa 61 yölovçiga parvoz qilişga ruxsat berilmadi. Bu haqda Uzbeksitan Airports xabarida aytiladi.

Agar sizda ötkir yoki surunkali kasalliklar mavjud bölsa, parvozlar salomatlik uçun ehtimoliy xavf tuğdirişi mumkin. Qayd qilinişiça, bosimning özgarişi, harakatning çeklanganligi va boşqa parvoz xususiyatlari yölovçi holatini oğirlaştirişi mumkin, şuning uçun ba’zi tibbiy körsatmalar bilan parvoz xavfli bölişi va ayrim hollarda yölovçi reysdan olinişi mumkin.

«Noxuş holatlarning aksariyati parvoz vaqtida röy beradi, şu bois yölovçilar yuzaga kelişi mumkin bölgan xavflarni oldindan bilişi va havo qatnoviga qarşi körsatmalarni inobatga olişi zarur. Şunday qilib, 2024 yilda 14 ta ölim holati qayd etilgan bölib, ulardan 11 tasi samolyot bortida, 3 tasi Toşkent xalqaro aeroportining uçib keliş zalida sodir bölgan. 2025 yilning hozirgi kuniga qadar 5 ta ölim holati qayd etilgan va ularning barçasi manzilga yetib borgunga qadar samolyot sahnida röy bergan», dedi Uzbekistan Airports tibbiy xizmatni rivojlantiriş bölimi boşliği Sevara Salixova.

Ta’kidlanişiça, uçişga qarşi asosiy tibbiy körsatmalar quyidagilar:

- yaqin orada ötkazilgan jarrohlik operatsiyalari;

- ötkir yurak-qon tomir kasalliklari (masalan, yurak xuruji, beqaror stenokardiya);

- insult va boşqa ötkir nevrologik holatlar;

- Pnevmotoraks, oğir bronxial astma, pnevmoniya;

- tromboemboliya, faol qon ketiş, oğir anemiya;

- quloq, burun böşliqlari va közlarning barotravmasi;

- homiladorlikning sönggi bosqiçlari, ayniqsa oğir asoratlar bölsa.

Uçiş mumkin bölmagan holatlarning töliq röyxati bilan bu yerda tanişiş mumkin.

Ta’kidlanişiça, tibbiy körsatmalar böyiça qöyiladigan talablar turli xil aviakompaniyalarda bir-biridan farq qilişi mumkin. Ba’zi hollarda, aviataşuvçi şifokor ma’lumotnomasini talab qiliş huquqiga ega - masalan, beqaror taşxislar, kislorod bilan qöllab-quvvatlaş zarurati, tibbiy nazorat yoki homiladorlikning sönggi bosqiçlarida.

Şu bois, parvoz oldidan aviakompaniya qoidalari bilan tanişiş, şifokor bilan maslahatlaşiş, agar kerak bölsa, oldindan tibbiy ma’lumotnoma oliş tavsiya etiladi.