UzAuto Motors avtomobil yetkazib beriş böyiça şartnomalarga bir qator özgartirişlar kiritdi, deya xabar berdi Raqobat qömitasi matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, avtomobil işlab çiqaruvçining dilerlik korxonalari tomonidan taqdim etilgan şartnomalarda qonun hujjatlariga zid bölgan holatlar aniqlangan. Natijada kompaniya namunaviy hujjatlarining 21 ta kiçik bandiga özgartirişlar kiritilgan.
Xususan, yil davomida bir xil UzAuto Motors modeli uçun şartnoma tuziş fakti aniqlanganda yetkazib beriş muddatini uzaytiriş töğrisidagi band çiqarib taşlandi. Kompaniya bu holatda muddatni 120 kunga uzaytirişi mumkin edi. Bundan taşqari, pulni qaytariş muddati qöşimça şartnoma imzolangan kundan boşlab 30 kunda emas 10 kungaça etib qisqartirildi.
Işlab çiqaruvçiga boğliq bölmagan hollarda, işlab çiqarişda vaqtinça uziliş yuz bersa, avtomobilni yetkazib beriş muddati 3.1-bandida belgilangan muddatdan 45 kungaça uzaytirilişi mumkinligi sotuvçining majburiyatlari bölimida belgilangan edi. Endilikda uşbu band fors-major bölimiga köçirildi.
Şuningdek, şartnomaning yangi tahririda sotuvçining qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlari yanada aniq belgilanadi.












