Zöravonlikdan jabrlangan yoxud öziga nisbatan zöravonlik sodir etilişi xavfi ostida bölgan bolalar bevosita özlari yoxud qonuniy vakillari “Inson” markazlari, içki işlar organlari va boşqa mas’ul organlarga murojaat qiladi.

“Inson” markazi bolaning hayoti yoki soğliğiga tahdid soluvçi omillarni dastlabki baholaşdan ötkazadi hamda xavf darajasini “past” yoki “yuqori” deb topişi mumkin. Xavf darajasi “yuqori” deb baholanganida, içki işlar organi quyidagi çoralardan birini köradi:

🔹 zöravonlik sodir etgan şaxsni ma’muriy yöl bilan uşlab turiş hamda protsessual majburlov çoralarini qöllaş;
🔹 bolaga yoxud uning qonuniy vakiliga himoya orderini beriş;
🔹 bolani ota-onasidan (ularning biridan) yoxud uni öz qaramoğiga olgan boşqa şaxslardan olib qöyiş va uning xavfsizligini ta’minlaş.

Tahdid soluvçi omillar bartaraf etilgaç, “Inson” markazi bolaning hayotiy vaziyatini 14 kalendar kun içida kompleks baholaşdan ötkazadi.