Unda, Toşkent şahrida yaşovçi fuqaro 72 000 dona tibbiy buyumlarni 111 mln sömga sotişga kelişib, oldindan 30 mln söm olgan vaqtida uşlandi. 

Tezkor tadbir davom ettirilib, uşbu şaxsning yaşaş xonadoni va avtotransport vositasini közdan keçiriş jarayonida, jami 240 mln sömlik 29 xil nomdagi 72 389 dona tibbiy buyumlar va “Magnikum”, “Relok”, “Dizenteron” va boşqa şu kabi 867 quti dori va biologik aktiv qöşimçalar sotiş maqsadida saqlanayotgani aniqlandi. 

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining tegişli xulosasiga köra, mazkur dori vositalari sifatsiz va saqlaş şaroitiga amal qilinmagan bölib, sotiş, taşiş va tibbiyot amaliyotida qöllaş taqiqlanadi. 

Hozirda mazkur fuqaroga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.