Birlaşgan Millatlar Taşkilotining samaradorlikni oşiriş va xarajatlarni kamaytiriş yöllarini izlaşga bağişlangan ma’ruzasida taşkilot ma’ruzalari kamdan-kam öqilişi ta’kidlanadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Taşkilot boş kotibi Antoniu Guterriş ma’lumotlariga köra, 2024 yilda BMT tizimi 240 ta organ iştirokida 27 mingta yiğiliş ötkazilişini ta’minlagan, kotibiyat esa 1100 ta ma’ruza tayyorlagan - bu 1990 yilga nisbatan 20 foizga köpdir.
«Köp sonli yiğilişlar va ma’ruzalar tizimni va barçamizni ança toliqtirdi. Bu ma’ruzalarning köpini kam odam öqiydi. Har beşinçi ma’ruza 1000 martadan kam yuklab olinadi. Yuklab oliş esa öqiş degani emas», dedi Guterriş.
Şu munosabat bilan Guterriş majlislarni kamroq ötkaziş va ma’ruzalarni kamroq tayyorlaşni taklif qildi. Uning sözlariga köra, faqat barça mandatlar talablariga töliq javob beradigan ma’ruzalar tayyorlanişi kerak.












