Armaniston sobiq boş vaziri Grant Bagratyan amerikalik pop-yulduz Jyennifer Lopesning Yerevandagi konserti uçun mamlakat budjetidan millionlab dollar ajratilganini konstitutsiyaga zid deb atadi.

"Jyennifer Lopesning Yerevandagi çiqişi uçun davlat budjetidan 6 million dollar ajratilişi konstitutsiyaga zid. Davlat tadbirkorlik bilan şuğullanmaydi, bu juda katta korrupsion xatarni öz içiga oladi. Budjet puli butun jamiyatga tegişli, konsertda esa çeklangan sonli fuqarolar iştirok etdi. Bu iş bilan prokuratura, korrupsiyaga qarşi organlar şuğullanişi kerak" – dedi Bagratyan.

Uning ta’kidlaşiça, mamlakat ta’lim, fan, madaniyat va sport vaziri Janna Andreasyan qanday asoslarga köra Lopesning konsertini taşkil etişga qaror qilgani yuzasidan javob berişi, moliya vaziri Vage Ovannisyan esa davlat budjetida közda tutilmagan xarajatlarga yöl qöygani uçun söroq qilinişi kerak. 

Lopesning konserti yakşanba kuni respublika stadionida bölib ötdi. OAVning yozişiça, konsertni taşkil etiş uçun davlat budjetidan 6 million dollar ajratilgan. Keyinroq Yerevan vitse-meri Armen Pambukçyan hukumat 7 million dollar ajratganini, biroq xarajatlar özini oqlaganini aytdi.