OPeK+ taşkiloti a’zolari sentabr oyida neft qazib olişni sutkasiga 547 ming barrelga oşirişga kelişib oldilar. Bu haqda taşkilot rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.
Bayonotda aytilişiça, “jahon iqtisodiyotining barqaror istiqboli va hozirgi bozor körsatkiçlarini hisobga olgan holda” 2025 yil sentabr oyidan boşlab neft qazib oliş sutkasiga 547 ming barrelga köpaytiriladi.
“Bu neft bozorini qöllab-quvvatlaş imkonini beradi”, - deyiladi bayonotda.
OPeK+ taşkilotining sakkiz a’zosi (Rossiya, Saudiya Arabistoni, Iroq, Jazoir, BAA, Ömon, Qozoğiston va Kuvayt) uçraşuvi onlayn şaklda taşkil etildi.
Ötgan haftada Rossiya boş vaziri örinbosari Aleksandr Novak Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni energetika vaziri şahzoda Abdulaziz ibn Salmon bilan neft bozoridagi vaziyatni muhokama qilgandi.











