Qidiruv‑qutqaruv işlariga 330 dan ortiq şaxsiy tarkib, 59 ta avtotransport vositasi, 23 ta suv transporti, 12 ta uçuvçisiz uçiş apparati, şuningdek exolotlar, georadarlar, aviatsiya va kinologiya xodimlari jalb etilgan. Bu haqda Qozoğiston Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Bortida 3 nafar ekipaj a’zosi bölgan harbiy vertolyot 25 iyul kuni rejali parvoz vaqtida radarlardan yöqolib qolgan, öşa kuni Sorbuloq köli yaqinida uning qoldiqlari topilgandi.

Öşandan beri davom etayotgan qidiruv işlari köl tubining loyqaligi, suv ostida köriş imkoniyati çeklangani şaroitida kun-u tun davom etmoqda. Şuningdek, köl sohillari va akvatoriyasi ham tekşirilmoqda.
Operatsiya bilan birga, aviatsiya hodisasi böyiça tergov ham ketyapti.

“Yöqolgan vertolyot ekipaji a’zolarining taqdiri va fojiaga olib kelgan sabablar aniqlangunça, qidiruv işlari davom ettiriladi”, – deyiladi Qozoğiston Mudofaa vazirligining 4 avgust kungi bayonotida.












