U özini göyoki DXX xodimi deya taniştirib, Namangan viloyatida röyxatdan ötgan xususiy korxona nomiga olib kelingan tovarlarni Bojxona qömitasining Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasida işlovçi tanişlari orqali heç qanday muammosiz bojxona nazorati va rasmiylaştiruvidan ötkazib berişini aytgan.
DXX va bojxona idoralari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda, uşbu fuqaro korxona rahbaridan firibgarlik yöli bilan har bir yuk partiyasi uçun 500 AQŞ dollaridan jami 1000 AQŞ dollari miqdoridagi pul mablağlarini olgan vaqtida uşlandi.

Aniqlanişiça, mazkur şaxs korxonaga xorijdan import qilinayotgan avtomobil ehtiyot qismlarini bojxona rasmiylaştiruvidan tezlaştirib çiqarib berayotganini aytib, korxona rahbaridan muqaddam 1000 AQŞ dollari olgan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.













