Forbes ma’lumotlariga köra, Lopez 2020 yilda taxminan 150 million dollarga ega edi, şundan keyin u bir qator yirik loyihalar boşlagan va şartnomalar tuzgan. 2025 yil hisob-kitobiga köra, uning moliyaviy qudrati taxminan 400 mln dollargaça yetadi. U yiliga örtaça 40 million dollar daromad topadi, 2012 yilda esa uning daromadi 50 million dollardan oşgan edi.

Lopez qatnaşgan filmlar umumiy hisobda 3 mlrd dollardan ortiq kassa tuşumlarini ta’minlagan. Uning albom va qöşiqlari 80 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Qöşiqçi muvaffaqiyatli tadbirkor ham, masalan, u 2002 yilda özining ilk atir brendi – Glow by J.Löni çiqarib, bozorni larzaga solgan. Uşbu xuşböy atir AQŞda eng köp sotilgan aromatlardan biri, brend esa eng muvaffaqiyatlilaridan böldi. 2004 yilda kiyim-keçak brendi Lopezga 300 mln dollar daromad keltirdi. 2012 yilga kelib, parfyum va moda mahsulotlarining umumiy hajmi – 2 mlrd dollardan oşdi.

2018 yilda san’atkor Inglot kosmetika kompaniyasi bilan birga make-up kolleksiyasini çiqardi. 2019 yilda esa maşhur COACH kompaniyasining brend-elçisi böldi. Gözallik industriyasida savdo birgina 2022 yilda 75,4 mln dollarga yetdi. 2023 yilda Jyennifer öz brendlari safini yanada kengaytirdi, u soğlom turmuş tarzi va içimliklar bozoriga kirib, Delola nomli kokteyllar brendini oçdi. San’atkor katta investor ham, u soğliqni saqlaş, içimliklar, vitaminlar hamda yetkazib beriş tarmoqlaridagi kompaniyalarga pul tikkan.

Köngiloçar industriyadagi eng muhim biznes loyihalaridan biri esa Nuyorican Productions kinokompaniyasidir. Uşbu kompaniya orqali Jyennifer film va seriallar çiqarişga boşçilik qiladi. Masalan, 2019 yilda «Hustlers» filmi çiqarilib, 100 mln dollar daromad topgan. Britannica naşrining yozişiça, Lopez xususiy tadbirlar va konsertlar uçun ham yuqori gonorar oladi, masalan, uning xalqaro miqyosdagi çiqişlari soatiga 1 mln dollar.