“Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlaş tizimini takomillaştiriş hamda iş beruvçilarni rağbatlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra, 2025 yil 1 sentabrdan e’tiboran:

  • xodimlari 50 nafargaça bölgan xizmat körsatiş, qişloq xöjaligi va quriliş sohasidagi xöjalik yurituvçi sub’yektlarga yagona milliy mehnat tizimi (YaMMT)da biometrik identifikatsiya qiliş (Face-ID) orqali elektron mehnat şartnomalarini tuziş va bekor qilişni rasmiylaştirişga ruxsat beriladi;
  • davlat mehnat inspektorlari tomonidan ötkaziladigan tekşiruvlar haqida vakolatli organni oldindan xabardor qiliş tartibi bekor qilinadi;
  • “Xavfni tahlil etiş” tizimining tahlil natijalariga asosan ötkaziladigan tekşiruvlarning boşlanişi haqida kamida 10 iş kuni oldin tadbirkorni xabardor qiliş tartibi davlat mehnat inspektorlari tomonidan ötkaziladigan tekşiruvlarga tatbiq etilmaydi.

2026 yil 1 yanvardan e’tiboran, YaMMT orqali qayd etilgan mehnat qonunçiligi buzilişini iş beruvçi iştirokisiz körib çiqiş va qonunbuzilişi holatlari böyiça elektron ma’muriy qaror qabul qiliş tizimi joriy etiladi.