Kun.uz’ga sönggi kunlarda öqituvçilarning tinimsiz majburiy mehnatga zörlanayotganini isbotlovçi önlab murojaatlar kelib tuşmoqda. Deyarli barça viloyatlarda yangi öquv yili boşlanişidan avval ustozlar hokimiyatlarning tekin mardikoriga aylangan. Hattoki, ular balçiq tozalaş, sementlaş va böyoq qilişga majburlanmoqda. Kun.uz bilan suhbatda aytilişiça, öqituvçining obröyi oşmas ekan, ta’lim tizimi botqoqlikka botgança qolaveradi.
Kelib tuşgan murojaatlarda körinişiça, öqituvçi va ustozlar rostdan ham oliy ma’lumotli mardikorga aylanib qolgan. Yoşi katta ayollar köça supurib, boğga gul ötqazyapti. Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi maktabda esa erkaklar hovlini sement qilmoqda. Işga yangi kelganlar balçiq tozalaş, tikan çopişga yönaltirilgan. Tahririyat qölidagi maktab direktorlarining audiolarida aytilişiça, “topşiriq tepadan kelgan va 20-sanaga qadar birorta ham iş qolmasligi kerak”.
Direktorlar ustozlardan “san-manga bormaslikni, işlarni bölaklab, bilib-bilib qilişni” söragan. Kun.uz vaziyatning realligini baholaş uçun suhbatga öqituvçilarni taklif qilarkan, ular öz iş joyini yöqotib qöyişdan qörqib, qatnaşişni rad etdi. Öqituvçilar bilan tinimsiz suhbatda bölgan mahalla va xotin-qizlar faoli Umida Yakubovaga köra, ayni paytda hamma öqituvçilar asabiy va ta’tili paytida ham işga çaqirilganidan norozi.
“Öquvçilarimiz ta’tilda yuribdi va dam olişyapti, biz bölsak, maktab ta’miri, sinf xonalarining ahvoli bilan ovoramiz, deyişdi. Qaysi maktabga borsang, şu ahvol. Öqituvçilarning menga aytişiça, hozir deyarli barça maktablarda ustozlar mehnatga jalb qilingan, bostirib borsangiz körasiz, ular iş bilan band”, deydi Umida Yakubova.
Suhbatda qatnaşgan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi vakili Sardor Rahimboyevning aytişiça, vazirlikning bu boradagi pozitsiyasi – qat’iy: idora majburiy mehnatga 100 foiz qarşi. Öqituvçilarning majburiy mehnatga jalb qilinişi – bizga bölgan munosabat, deydi u.
“Öqituvçilarni kim majburiy mehnatga jalb qilyapti – direktor. Direktorlar esa mahalliy hokimiyatlardan topşiriq olgan, ustozlar qörqqanidan kelmadi dedingiz, lekin kelişsa, bizga yaxşi edi. Bir narsani aytay, öqituvçilarga işni hokimiyat emas, vazirlik beradi. Hozir eng katta muammomiz – mana şu majburiy mehnatdan qutulganimizni öqituvçilarga ham tan oldiriş. Agar hamma öz işini qilsa, huquqini bilsa, heç qanday mehnatga zörlaş holatlari bölmaydi”, deydi Sardor Rahimboyev.
Audiolarda eşitilişiça, öqituvçilar agar mehnatdan böyin tovlasa, işidan quviladi. Norozilik bildirganlar esa hayfsan oladi yoki maoşidan kesiladi, darsidan ayrilib qolişi ham mumkin. Oilasining sarf-xarajatlari va ehtiyoji şu kasbiga boğliq beçora öqituvçilarning oldida boşqa tanlov qolmagaç, ovozini çiqarmay işlaşni tanlamoqda. Jamiyatşunos Mahmud Yöldoşev fikriça, öqituvçilarning obröyini oşiriş, ularga huquq beriş kerak.
“Öqituvçilarni qutqaringlar, jamiyatni qutqargan bölasizlar. Butun dunyoda öqituvçilar hurmat-izzatda, ular boşqalardan avval pensiyaga çiqadi. Bizda esa hali-hanuz kommunizm ta’siri davom etyapti, topşiriq tepadan kelsa, labbay deb bajariş hissini yöqotolmadik. Direktorlar bugun öz lavozimidan ketib qolişidan qörqadi, öqituvçini aybdorga çiqaradi. Muallimlarga huquq beriş kerak, ular fanini öz dasturi asosida öqitişdan boşqa majburiyatga ega emas, ularga huquq berilişi kerak”, deydi 45 yillik pedagog Mahmud Yöldoşev.
Konstitutsiyada ham sud hukm qilgan holatdan taşqari majburiy mehnat butunlay taqiqlanadi. Direktorlarning esa xodimlarini mehnatga zörlaşi – aslo mumkin emas.
Suhbatni Kun.uzʼning YouTube sahifasida töliq tomoşa qilasiz.
Şohrux Majidzoda suhbatlaşdi.











