8 avgust kuni Vaşingtonda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan AQŞ prezidenti Donald Tramp vositaçiligida tinçlik kelişuvi böyiça memorandum imzoladi. Uni ba’zilar “tinçlik munosabatlari borasidagi deklaratsiya” deb ham nomladi. Bu hali tinçlik şartnomasi emas, uni tuzişga tayyorgarlik hisoblanadi.

Vaşingtonda parafirlangan tinçlik bitimi loyihasiga köra, tomonlar bir-birining hududiy yaxlitligi va rasmiy çegaralarini tan oladi, hududiy da’volar qilmaydi, tinçlik örnatadi va ötmişdagi töqnaşuvlar uçun öç olmaydi.

Ma’lumki, Ozarbayjonning barça hududlari bir emas. Naxiçivon avtonom respublikasi Ozarbayjonning asosiy hududidan ajralib qolgan. Eksklavga boriş uçun yo Armaniston orqali, yo Eron orqali ötiş kerak böladi. Hozirda Armaniston öz hududidan Zangezur koridorining ötişiga rozi. Bu koridorni nazorat qiliş esa, AQŞ kompaniyalari konsorsiumiga beriladi. Zangezur koridori ustidan nazoratni Ozarboyjonga yoki Turkiyaga emas, imkon qadar boşqa, betaraf davlatga beriş – Armaniston muxolifati va jamoatçiligining talabi edi. Uşbu nazorat ikki davlatning roziligi asosida AQŞ tomoniga beriladigan böldi.

Xöş, endi bu ikki davlat örtasida tinçlik örnatiladimi? Örnatilsa, bu tinçlik qançalik tez va mustahkam böladi? Bu savollarga har bir davlat nuqtayi nazaridan alohida, tarixiy-siyosiy rakursda qaraş kerak böladi.

Ozarboyjon şu paytga qadar geosiyosiy masalalarda ikkita muhim tamoyilga, qadriyatga urğu berar edi: neytrallik va global qöşilmaslik. Rasmiy Boku: “Biz NATOga ham, KXŞTga ham intilmaymiz. Mintaqa atrofidagi qudratli davlatlar örtasidagi raqobatda heç kim tarafida bölmaymiz” degan liniyada edi. Biroq, 2024 yilning dekabrida Rossiya tomonidan Ozarbayjon samolyotining urib tuşirilişi vaziyatni özgartirdi. Keyingi oylarda Ozarboyjon–RF munosabatlari yanada taranglaşdi. Bugun Boku Ukrainaga hatto moddiy yordam berişga intilayotgan davlat bölib ulgurdi. Mana şu fonda Ozarboyjonning taşabbusi bilan Zangezur koridori AQŞ tomoniga berilişi – Janubiy Kavkazdagi geosiyosiy vaziyatni neytrallikdan keskinlik tomon buradi.

Xöş, Armanistondagi vaziyat qanday? Ozarboyjonning talabiga köra, Armaniston referendum ötkazib, Konstitutsiyasidagi Qoraboğga da’volar borasidagi şa’malarni olib taşlaşi kerak. Armaniston tinçlikka intilmoqda. Lekin referendum ötkazib kerakli natijani oliş oson bölmaydi. Sababi oddiy: bugun Armaniston jamiyatida Qoraboğ borasida revanşizm kayfiyatlari kuçli. “Imkon topib Qoraboğni qaytarib olişimiz kerak” degan kayfiyat keng tarqalgan. Qolaversa, bugun Armaniston jamiyatida reytingi eng yuqori siyosatçi boş vazir Paşinyan bölsa-da, uning reytingi 13-15 foiz atrofida. Nihoyatda past. Qolgan siyosatçilarning reytingi yanada past. Demak, referendum arman jamiyatini kuçli çayqaydi va siyosiy konsensusga erişiş oson bölmaydi.

Kelasi yil iyun oyida Armanistonda navbatdagi parlament saylovlari bölişi kerak. Agar bu saylovlarda Paşinyan tarafdorlari kerakli ovozlarni ololmasa, Paşinyan boş vazir bşçla olmaydi. Va uning loyihalari qadrsizlanadi.

Kavkaz mintaqasida tarixan ta’siri katta bölgan davlatlar bor. Jumladan, Eron, Rossiya va Turkiya. Zangezur koridorining AQŞga berilişiga Eron ham, Rossiya ham tiş-tirnoği bilan qarşi çiqadi. Şu paytga qadar Zangezur koridori uşbu ikki davlat nigohida “muqobil” loyiha sifatida qabul qilinayotgan edi. Endi esa, AQŞga berilişi fonida bu loyiha “bizga qarşi” deb körila boşlandi. Çunki bu ikki davlat ham Janubiy Kavkazga AQŞ/NATO/Isroilning kirib kelişini istamaydi, qattiq qarşilik qiladi.

Nazarimda, hatto Turkiya ham, NATOning a’zosi bölsa-da, Zangezur koridorining AQŞga berilişiga iç-içidan rozi emas. Rasman, Anqara Ozarboyjon–Armaniston kelişuvlarini olqişladi, lekin Janubiy Kavkazga AQŞ/Isroilning kirib kelişi – borgan sari mustaqil va ambitsiyali öyinçiga aylanib borayotgan Turkiyani xursand qilmaydi. Albatta, Turkiya bu haqda rasmiy bayonotlar berib, Bokuni hurkitmoqçi emas.

Vaşingtondagi bayonotlarga köra, Zangezur koridori AQŞ konsorsiumiga 99 yilga berilişi kutilmoqda. Lekin 99 yil içida mintaqadagi, davlatlar atrofidagi geosiyosiy vaziyat yuz martadan köproq özgaradi.

Tramp bu ikki davlatni yaraşuvini özining tarixiy xizmati sifatida ta’rifladi. Uning maqsadi – tinçlik uçun Nobel mukofotini qölga kiritiş.

Ozarbayjon–Armaniston örtasida tinçlik örnatilişi, Zangezur koridorining işga tuşişi – turkiy dunyo, turkiy birlik, Özbekiston iqtisodiyoti uçun ham juda muhim rol öynaydi. Biroq, hozirça Janubiy Kavkazda töliq va barqaror tinçlik örnatilişiga hali ma’lum muddat vaqt va jiddiy urinişlar kerakligi körinmoqda.

Kamoliddin Rabbimov,
siyosatşunos