Qozoğiston boş vaziri örinbosari Qanat Bozumbayev Markaziy Osiyo davlatlari suv xöjaligi idoralarini iqlim muammolari şaroitida suvni adolatli taqsimlaşni ta’minlaşga çaqirdi.
Bu haqda u Qozoğistonda bölib ötgan Davlatlararo muvofiqlaştiruvçi suv xöjaligi komissiyasi (DMSK) yiğilişidagi nutqida aytib ötdi.
Bozumbayevning ta’kidlaşiça, joriy vegetatsiya davri öta keskin şaroitda ötmoqda, yaqin yillarda prognoz qilinayotgan iqlim yomonlaşuvi va suv tanqisligi Markaziy Osiyo davlatlaridan muvofiqlaştirilgan harakatlarni va erişilgan kelişuvlarga qat’iy rioya etişni talab qiladi.
Uning ta’kidlaşiça, Qozoğistonning Turkiston viloyatidagi Sirdaryo daryosida joylaşgan Çordara suv omborining hajmi örtaça köp yillik qiymatlardan pastga tuşib ketgan, bu esa quyi oqimdagi suv ta’minotiga tahdid soladi. Uning sözlariga köra, DMSK doirasida qabul qilingan qarorlar töliq hajmda bajarilmayapti, bu esa suv rejimini tartibga solişda jiddiy qiyinçiliklarga olib kelmoqda.
«Vaqt bizdan köproq dinamikani talab qilmoqda: nafaqat muhokama qiliş va rejalaştiriş, balki aniq çoralar köriş kerak. Işonçim komil, hamkorligimiz işonç va özaro anglaşuv ruhida rivojlanadi, birgalikdagi işlarimiz esa mamlakatlarimiz va butun mintaqa uçun sezilarli natijalar beradi», deb ta’kidladi Bozumbayev.

Yiğilişda joriy qişloq xöjaligi mavsumida Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv omborlarining iş rejimlari, şuningdek, Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi ta’sisçi davlatlari rahbarlari tomonidan belgilangan çora-tadbirlar muhokama qilindi.
Yiğiliş doirasida Tojikiston, Qozoğiston va Özbekiston suv-energetika idoralari delegatsiyalari vakillarining ikki tomonlama uçraşuvi bölib ötdi, unda suv omborlarining tasdiqlangan limitlari va iş rejimlari muhokama qilindi, şuningdek, kelgusi vegetatsiya davriga tayyorgarlik köriş böyiça çora-tadbirlar rejasi belgilandi. Davlatlararo muvofiqlaştiruvçi suv xöjaligi komissiyasining navbatdagi yiğilişi Turkmanistonda bölib ötadi.












