AQŞ Rossiyaga qarşi hozirgi sanksiyalarni saqlab qoladi va agar tomonlar kelişuvga erişmaydigan bölsa, yangi sanksiyalar joriy etişi mumkin, dedi AQŞ davlat kotibi Marko Rubio.

"Agar kelişuvga erişmasak, amaldagi va yangi sanksiyalar körinişidagi oqibatlar yuzaga kelişi mumkin", - dedi u NBC telekanaliga bergan intervyusida. 

"Biz heç bir sanksiyani bekor qilmadik", - deb ta’kidladi AQŞ davlat kotibi. 

Rubioning qöşimça qilişiça, şundoq ham sanksiyalar ostida bölgan Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar kiritiş uni öt oçişni töxtatişga majbur qilolmaydi. Uning fikriça, yangi sanksiyalar joriy etiş uzoq muddatli tinçlik kelişuviga erişiş yölidagi harakatlarga mos kelmaydi.