Uşbu qissa 1925 yilda yozilgan, lekin tanqidiy ğoyalari sabab sovet senzurasi tomonidan uzoq yillar naşr etilmagan. Asar saksoninçi yillarga kelib, qayta quriş davrida ommaviy tarzda öquvçilar qöliga yetib borgan.
It insonga aylanadi
Asarning boş qahramoni professor Filipp Filippoviç. U Moskvada yaşaydi va inson organlari ustida tajribalar olib boradi. Uning asosiy maqsadi – inson xususiyatlarini sun’iy yöl bilan özgartiriş va yangilaş. Şu vaqtgaça professor turli noodatiy tajribalar ötkazgan. Masalan, u hayvonlarning organlarini odamlarga qöşiş orqali ularning xususiyatlarini özgartirişga harakat qilgan, gipofiz va boşqa a’zolar orqali hayvonlardagi nutq va harakat xususiyatlarini odamlarga ötkazişni sinab körgan. Şuningdek, u inson va hayvon xususiyatlarini birlaştiriş, yangi turdagi inson obrazini yaratişga intilib, turli tajribalarni amalga oşirgan.
Professor bir kuni köçada oç va abgor holatda qolgan it – Şarikni uyiga olib keladi. Unga e’tibor va hurmat körsatib ovqatlantiradi, parvarişlaydi. Biroq professorning niyati yaxşi emasdi – u Şarikni insonga aylantiriş uçun dahşatli tajribasini olib borişga qaror qiladi.
Şarikning gipofizi va boşqa a’zolari köçada ölgan daydi odamning organlari bilan almaştiriladi. Bu organlar itning taşqi körinişi, nutqi va odatlarini belgilaydi. Professor tajribalarini olib boriş davomida bu mahluqning yangi ovozi va harakatlari atrofdagilarda hayrat, qörquv uyğotadi. Natijada it asta-sekin insonga aylana boşlaydi. Undan Poligraf Poligrafoviç Şarikov degan yangi “inson” paydo böladi.
Şarikov baribir odam bölmadi
Biroq möjiza sodir bölmaydi. Şarikov madaniyatsiz, dağal va tarbiyasiz bölib çiqadi. Uning nutqi, odatlari va xatti-harakatlari hayvonga xos bölib qoladi. Endi unda inson huquqi bor edi, lekin uning qöpolligi va beparvoligi atrofdagilarni qiynaydi.
U turli idoralarda işga joylaşadi, uydagi xizmatçilar va hamkasblar bilan kelişa olmaydi, xatti-harakatlari köpinça nizo va tuşunmovçilikka sabab böladi. U hatto professorning hayoti va odob-axloqiga aralaşadi, talablar qöya boşlaydi. Şarikov şahar atrofida ham özini qöpol tutgani sababli aholi va hamkasblar bilan köpinça mojarolar kelib çiqadi.
Tiyiqsiz tajribaning oqibati









