Birinçi marta Volandning yonidagi Begimot laqabli gapiradigan muşuk haqida öqiganimda rostdan ham qörqqanman. Çunki öşa söxtasi sovuq qayerda paydo bölsa, tartib buzilar, odamlar foş bölar va qandaydir falokat boşlanardi. Umuman, asar ruhi juda oğir bölib, köpçilik bu romanni “la’natlangan” deb talqin qilişadi. Aytişlariça, ba’zi aktyorlar bu asar asosida sahnaga çiqişdan qörqqan.
“5 daqiqa”ning bugungi sonida Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romani haqida gaplaşamiz.
Tasavvur qiling, 1930 yillar Moskvasi. Xudosizlik avj olgan, hamma ğalati-ğalati özgarişlarni qabul qilayotgan, tartibli şahar edi göyo. Biroq şu tartibli şaharga bir kuni notaniş mehmon keladi. Va u kelgan zahoti haqiqat bilan yolğon örtasidagi devorlar yorila boşlaydi. Mehmon özini professor Voland deb taniştiradi, aslida u şayton edi. Yoki uni insonlarning vijdonini sinaş uçun yuborilgan kuç, deyiş ham mumkin.
Voland va uning jamoasi Moskvada bir neçta sinov ötkazadi. Eng maşhur sahnalardan biri – teatrdagi qora seans. Bu yerda odamlarga pul, kiyim, zeb-u ziynat tarqatiladi. Lekin keyinçalik bu narsalar yöqoladi va odamlar özlarini şarmandali holatda köradi. Bu epizod orqali insonning içki qaşşoqligini taşqi boylik bilan yaşirib bölmasligiga işora qilinadi. Voland heç kimni majburlamaydi, u faqat imkoniyat beradi. Qolganini odamlarning özlari bajaradi.
Şu örinda asarning ikkinçi, çuqur qatlami ham oçiladi – Ustaning hikoyasi. Usta haqiqatni yozişga jur’at etgan yozuvçi edi. U Pontiy Pilat va Yyeşua Ha-Notsri voqealari aks etgan asar yozadi. Unda Pilat Yyeşuani suriştiriş jarayonida uning aybsiz ekanini anglaydi, ammo hokimiyatni yöqotiş va siyosiy bosimdan qörqib, notöğri qaror qabul qiladi.
Pilatning bu xatosi uni abadiy vijdon azobiga mahkum qiladi. U asrlar davomida orom topmaydi. Demak, Bulgakov fikriga köra, haqiqatni bilib turib uni himoya qilmaslik oğir gunoh hisoblanadi.
Kitobdagi Ustaning özi ham murakkab taqdirni boşidan keçiradi. Uning asari rad etiladi, özi ta’qibga uçraydi. Oxirida u qölyozmasini yoqib yuboradi. Yozuvçi göyoki öz haqiqatini yöq qiladi. Lekin aynan şu yerda Bulgakovning maşhur ğoyasi paydo böladi: qölyozmalar yonmaydi. Ya’ni haqiqatni yöq qiliş mumkin emas. Uni vaqtinça kömiş mumkin, lekin u baribir qayta tiriladi.
Margarita Ustani sevgani uçun jamiyat qoidalarini buzişga tayyor bölgan isyonkor ayol. U Voland bilan kelişuvga rozi böladi va jodugarga aylanadi. Margaritaning şayton bazmida qatnaşişi asarning eng kulminatsion nuqtalaridan biri. U yerda Margarita gunohkorlar orasida “malika” böladi. Lekin bu qudratni öz manfaati uçun emas, Ustani qutqariş uçun işlatadi. Bu yerda Bulgakov muhabbat – insonni qutqaradigan qudratli kuç demoqçi böladi.
Bulgakov bu asarni ön yildan ortiq yozgan. Bir neça bor uni yöq qilgan, qayta yozgan. Sovet senzurasi uning asarlarini taqiqlagan. Yozuvçi vafotidan keyin esa xotini Yelena Şilovskaya qölyozmani saqlab qoladi. Natijada roman dunyo adabiyotining eng muhim asarlaridan biriga aylanadi.
“Usta va Margarita”ni faqat ötmiş bilan boğlab qöyiş xato. Çunki undagi savollar hozir ham tirik. Bugun ham odamlar köpinça haqiqatni emas, öziga qulay bölganini tanlaydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi “niqoblar”, jamoat fikridan qörqiş, manfaat uçun vijdonni qurbon qiliş – bularning barçasi Bulgakov tasvirlagan dunyodan unçalik ham farq qilmaydi. Voland bugun kelsa, ehtimol, u teatr emas, internet orqali odamlarni foş qilgan bölardi.
Işonaman, siz yaxşi kitobxonsiz, dunyoqaraşingiz ham ança keng ekaniga aminman. Sababi beş daqiqa sabr qilib, körsatuvning şu soniyasigaça keldingiz. Biroq bu kitobni haligaça öqimagan bölsangiz, albatta, öqişingiz kerak. Axir dunyodagi eng murakkab va qiziqarli kitoblardan birini öqiganmisiz, degan savolga “ha” deb javob berişni istaysiz-ku.











