Gyotening Faust asaridan ta'sirlanib yozilgan bu roman jahon adabiyotining ölmas asarlari qatorida tilga olinadi. Romanning boş ğoyasi — e'tiqod. Unda Yaratganning borligini rad etadigan jamiyat tanazzulga yuz tutişi mahorat bilan hikoya qilingan.

Asar voqealari Moskvadagi Patriarx kölida boşlanadi. Inson körinişida Yerga tuşgan iblis xiyobonda ikki ijodkor (Mixail Berlioz va Ivan Bezdomniy) Iso alayhissalom aslida umuman mavjud bölmagani haqida gaplaşayotganini eşitib qoladi va ular bilan bahsga kirişadi. Özini Voland şarifli tarixçi va sehr-jodu böyiça mutaxassis sifatida taniştirgan iblis xotirjamlik bilan ijodkorlarni mot qiladi:
— Suhbatingiz mavzusi menga qiziq tuyuldi. Qöşilsam maylimi?
— Marhamat, — deyişadi yozuvçilar begona odamning qörsligidan ajablanib.
— Töğri eşitgan bölsam, siz hozirgina Iso (a.s) dunyoga kelmagan deb aytdingizmi?
— Ha, aynan şunday dedik.
— Sinçkovlik uçun uzr, siz hali Xudoning borligiga ham işonmassiz? Işoning, bu gapingizni sir saqlaşga söz beraman.
— Ha, biz Xudoga işonmaymiz va bu haqda bemalol oşkora gapiriş mumkin.
— Voajab! Unda, ayting-çi, Xudo bölmasa, dunyoni kim boşqarmoqda?
— Insonning özi, tabiiyki.
— Iya, özini-özi boşqara olmaydigan inson qanaqasiga dunyoni boşqarişi mumkin? Bu uçun kamida ming yillik reja kerak-ku?! Siz, masalan, bugun keçasi nima qilişingizni bilmaysiz.
— Nega endi, bilaman. Hozir uyga boraman, keyin keçasi MASSOLITda majlis bor, men unda raislik qilaman. Agar boşimga ğişt tuşib ketmasa, — deb kuladi Berlioz.
— Keçirasiz, ğişt heç qaçon sababsiz birovning boşiga tuşmaydi. Keyin siz, qörqmang, boşingizga ğişt tuşib ölmaysiz.
— Qanday ölaman sir bölmasa?
— Boşingizni olişadi. Bu işni rus qizi qiladi...
Xullas, bu muhokama oxirida Xudo yöqligini isbotlaşga uringan Berlioz sirpanib tramvay yöliga yiqiladi va ğildirak uning boşini kesib ketadi. Tramvay rulida esa ayol kişi böladi... Şu tariqa iblisning ilk başorati töğri çiqib u «Moskvaning oyoğini osmondan qilişni boşlaydi».



























