AQŞning Parijdagi elçisi Çarlz Kuşner prezident Emmanuel Makronga maktub yozib, Fransiyani antisemitizmga qarşi yetarliça çoralar körmaganlikda aybladi. Mazkur oçiq maktub 24 avgust kuni WSJ gazetasida çop etildi. Bu voqea Fransiya bilan AQŞ va Isroil örtasidagi çuqur kelişmovçiliklar fonida yuz berdi.
«Men Fransiyada antisemitizmning keskin köpayişi va hukumatning bunga qarşi yetarli çoralar körmayotganidan çuqur xavotirlanib sizga murojaat qilaman... Fransiyada «yahudiylar köçada hujumga uçramasdan, sinagogalar yoki maktablar tahqirlanmasdan, yahudiylarga qaraşli bizneslar vandalizmga uçramasdan» biror kun ham ötmayapti», deya oçiq xatdan iqtibos keltirmoqda The Guardian naşri.
AQŞ elçisi Emmanuel Makronni nafrat jinoyatlari böyiça qonunlarni yanada qat’iyroq ijro etişga va Isroilni tanqid qiliş ohangini pasaytirişga çaqirdi. Unga köra, Fransiya hukumati tomonidan Falastin davlatini tan oliş haqidagi bayonotlar mamlakatdagi antisemitizm hodisalarini kuçaytirdi.
Fransiya Taşqi işlar vazirligi bildirgan Çarlz Kuşnerning oçiq xatidan söng bayonot berib, «navbatdagi ayblovlarni qat’iyan rad etişini» bildirdi.
«Fransiya bu ayblovlarni qat’iyan rad etadi. 2023 yil 7 oktyabrdan buyon Fransiyada antisemitik xatti-harakatlarning köpaygani açinarli haqiqatdir va Fransiya hukumati bu kabi harakatlarga qarşi kuraşişga töliq sodiqdir, çunki bunday xatti-harakatlar mutlaqo toqat qilib bölmaydigan holatdir. Elçining ayblovlarini qabul qilib bölmaydi» deyiladi Fransiya TIV bayonotida.

Fransiya «Diplomatik munosabatlarni tartibga soluvçi Vena konvensiyasi»ga köra, elçi bayonoti davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik majburiyatiga zid kelişini bildirgan. Şuningdek, AQŞ elçisi Çarlz Kuşner 25 avgust kuni Fransiya Taşqi işlar vazirligiga çaqirildi.
Kuşner — Donald Trampning qudasi
Çarlz Kuşnerning öğli Jared Kuşner – AQŞ prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Trampga uylangan. Naşrga köra, Ivanka 2009 yilda – töydan avval yahudiylik dinini qabul qilgan.
Kuşnerning maktubi bundan bir neça kun oldin Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu tomonidan Makronga yuborilgan xat ortidan keldi. Unda Netanyahu ham Makronni Falastin davlatini xalqaro miqyosda tan olişga çaqirişi orqali antisemitizmga hissa qöşayotganlikda ayblagandi.
Makron esa Netanyahuning Ğazodagi uruş olib borişini, xususan, falastinlik tinç aholining qurbon bölayotganini Yevropada oçiq tanqid qilayotgan eng qat’iy siyosatçilardan biri sifatida maydonga çiqqan. Xususan, Makronning Fransiya sentabr oyida BMT yiğilişida Falastin davlatini rasman tan olişini e’lon qilişi Isroilda keskin norozilik uyğotgan edi. Şuningdek, Makron antisemitizmni Fransiya qadriyatlariga zid deb tanqid qilgan va diniy markazlarni himoya qiliş uçun xavfsizlik çoralarini kuçaytirgan.
Fransiyada Ğarbiy Yevropadagi eng katta yahudiy jamoasi — yarim millionga yaqin odam yaşaydi, şuningdek, Ğazo xalqi taqdiriga befarq bölmagan bir neça millionlik katta musulmon jamoasi ham mavjud. Isroilning Ğazodagi genotsid körinişidagi uruşi boşlanganidan beri ikkala jamoa ham nafrat jinoyatlarining köpayganini qayd etmoqda.












