Prezidentning "2025 yilda aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qaroriga muvofiq Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tizimidagi kasbiy könikmalar markazlarida iş beruvçilar buyurtmasi asosida işsiz aholini mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga manzilli öqitiş tizimi joriy etilmoqda.
Bunda Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan kasblarga öqitiş maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi bor şaxslarga, şuningdek muddati uç oydan köp davom etadigan öquv kurslariga qabul qilingan kambağal oilalar reyestridagi oilalarning işsiz a’zolariga tölanadi.
Stipendiyalarni tölab boriş tuman (şahar) kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimlari orqali amalga oşiriladi.
Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvçi kasb va xorijiy tillarga öqitiş uçun vauçer beriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi:
- işsizlar, şu jumladan, "Kambağal oilalar reyestri"ga kiritilgan oilalarning işsiz a’zolari yoki rasmiy daromadga ega bölmagan iş qidirayotgan şaxslarni kasb va xorijiy tillarga öqitiş xarajatlarini vauçer tizimi asosida qoplab beriş tartibi;
- vauçer tizimi asosida öqitadigan ta’lim taşkilotlari reyestrini şakllantiriş;
- vauçer beriş va undan foydalaniş, şuningdek, vauçer tizimi asosida davlat va nodavlat ta’lim taşkilotlarini moliyalaştiriş tartibi.
Ta’lim va fan vazirligi ecosys.mehnat.uz tizimida işsizlarni vauçer tizimi asosida öqitadigan ta’lim taşkilotlarining elektron reyestrini yuritadi. Şu yerda mazkur ta’lim taşkilotlariga qöyiladigan talablar e’lon qilinadi.
Ta’lim taşkilotlari vauçer tizimidan foydalaniş uçun elektron reyestrda röyxatdan ötişlari şart.








