“Taşabbusli budjet”ning 2-mavsumiga Andijon viloyati Uluğnor tumanidan kiritilgan loyihalar ham ovozga qöyildi, deya xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Bu tumanda ham, xuddi Oltinkölda bölgani kabi, tuman işçi komissiyasi loyihalarni asossiz rad etgani sabab ovoz beriş bosqiçi ötkazilmayotgan edi.

Vazirlikning söroviga javoban, Uluğnor tumani işçi komissiyasi loyihalarni qayta körib çiqib, 57 tasini ovoz beriş bosqiçiga ötkazdi, 16 ta loyiha amaldagi mezonlarga zid bölgani sababli (asoslantirilgan holda) rad etildi.

Ma’lumot uçun, birlamçi örganişlarda komissiya jami 73 ta loyihadan atigi 13 tasini ovoz berişga ötkazgan, 60 ta loyihani asossiz ravişda rad etib yuborgandi.

Şu tariqa, “Oçiq budjet” portalida Uluğnor tumani böyiça saralaşdan ötgan loyihalarga ovoz beriş bosqiçi 29 avgust 19:00 dan boşlandi.

Uluğnor tumani böyiça loyihalarga ovoz beriş an’anaviy ovoz beriş bosqiçi bilan bir vaqtgaça, ya’ni 31 avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Eslatib ötamiz, şunday holat kuzatilgan Oltinköl tumanida ham ovoz beriş 29 avgustdan boşlandi.