AQŞ prezidenti Donald Tramp sobiq vitse-prezident va saylovdagi raqibi Kamala Harrisni davlat muhofazasidan mahrum qildi, deb xabar berdi CNN.

Qonunga köra, sobiq vitse-prezident Maxfiy xizmat himoyasidan 6 oy davomida foydalaniş huquqiga ega - Harris uçun bu muddat 21 iyulda tugadi. Biroq Jo Bayden vakolat muddati tugaşi arafasida Harrisning qöriqlaş xizmatini yana bir yilga uzaytirgan edi.

Tramp özining yangi farmoni bilan Baydenning avvalgi farmonini bekor qildi. Harrisning davlat qöriqlovidan mahrum etilişi uning agentlar tomonidan keça-yu kunduz kuzatuvsiz qolişini anglatadi. Şuningdek, Maxfiy xizmat uning ijtimoiy tarmoqlarini potensial tahdidlar nuqtai nazaridan tahlil qilişni töxtatadi.

Harrisning qöriqlovdan mahrum etilişi uning «107 kun» kitobi taqdimoti boşlanişiga töğri kelmoqda. Unda 2024 yilgi saylovga tayyorgarlik jarayoni haqida hikoya qilinadi. 23 sentabr kuni şu munosabat bilan sobiq vitse-prezident AQŞ böylab gastrol safariga çiqadi.