Bolgariya hukumati Bolgariyaning Plovdiv aeroportida Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyenning samolyoti qönganida sodir bölgan GPS nosozlik sabablarini tekşirişdan boş tortdi. Bolgariya boş vaziri Rosen Jyelyazkov 2 sentabr, seşanba kuni bunday uzilişlar «gibrid tahdidlar yoki kibertahdidlar» deb tasniflanmaganini ta’kidlab, «tekşiruv boşlaş uçun heç qanday asos yöq», dedi.
Jyelyazkovning AFP agentligi keltirgan sözlariga köra, fon der Lyayyen samolyotiga ta’sir qilganidek, GPS işidagi uzilişlar odatiy hol emas. «Ukrainaga qarşi uruş boşlanganidan beri biz elektron uruş deb ataladigan narsaning guvohi böldik», dedi Bolgariya boş vaziri. Uning ta’kidlaşiça, GPS işidagi uzilişlar «odatiy narsa emas» va bu şunday harbiy mojarolarning «oqibatlaridan biri». «Bu uzilişlar aniq bir samolyotga qaratilgan emas», deb ta’kidladi Jyelyazkov.
Bir kun avval, 31 avgustda Ursula fon der Lyayyenning samolyoti Bolgariyada GPS signali uzilişi sababli muammoga duç kelgani, bunga Rossiya sabab bölganlikda gumon qilingani ma’lum bölgan edi. Financial Times naşrining yozişiça, bu Varşavadan uçayotgan samolyot uçuvçilarini Plovdivga qönayotganda qoğoz xaritalardan foydalanişga majbur qilgan.












