Kişinyov şahrida avtomobil taşuvlari masalalari böyiça Özbekiston-Moldova qöşma komissiyasining yiğilişi bölib ötdi.

Unda avtomobil transportida xalqaro yuk taşuvlari masalalari böyiça amaldagi kelişuvlarga özgartiriş kiritiş böyiça bayonnoma imzolandi.

Transport vazirligi xabariga köra, bayonnomaga asosan 2026 yil boşidan Moldova bilan ikki tomonlama/tranzit yuk taşuvlarida ruxsatnomasiz tizimga ötiş közda tutilgan.

“Mazkur kelişuv avtomobil transportida Yevropa yönalişida yuk taşuvlarini rivojlantirişda milliy taşuvçilarga qöşimça qulaylik yaratib, taşqi iqtisodiy aloqalar rivoji va eksport zanjiri barqarorligini ta’minlaşga munosib hissa qöşadi”, – deyiladi vazirlik xabarida.