Jinoiy guruhning 6 nafar a’zosi xorijiy onlayn qimor kompaniyalariga xizmat körsatib, qimor öyinlari orqali olingan mablağlarni legallaştirişgani ta’kidlanmoqda.
Toşkent şahrida 180 milliard sömdan ortiq kriptovaluta noqonuniy aylanmasini amalga oşirib, bukmekerlik kompaniyalariga xizmat körsatgan jinoiy guruh aniqlandi. Bu haqda IIV Tezkor-qidiruv departamenti huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Yaşnobod tumanida qölga olingan jinoiy guruhning 6 nafar a’zosi xorijiy onlayn qimor kompaniyalariga xizmat körsatib, qimor öyinlari orqali olingan mablağlarni Decent kriptovaluta platformasi orqali ötkazgan va legallaştirişgan.
Tergov ma’lumotlariga köra, ular 8 oy davomida 180 milliard sömdan ortiq kriptoaktivlar noqonuniy aylanmasini amalga oşirgan.
Tezkor tadbirlar davomida 38 dona mobil telefon va pul yuviş uçun foydalanilgan mingga yaqin bank kartalari aşyoviy dalil sifatida olingan.
Uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining uyuşgan guruh tomonidan kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buzişni nazarda tutuvçi moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.











