Tadqiqot 2024 yil 8 yanvaridan 15 dekabri oraliğida Bostondagi skrining kolonoskopiyasiga kelgan katta yoşlilar orasida ötkazilgan. Unda 125 nafar köngilli qatnaşgan.

Iştirokçilar onlayn tuzilgan sörovnomada demografik ma’lumotlar, ovqatlaniş, jismoniy faollik, içak funksiyasini aniqlaş va hojatxona odatlari (telefondan foydalaniş çastotasi, bir marta kirganda qança vaqt ötiriş) kabi ma’lumotlarni kiritgan.

Tadqiqotda 125 qatnaşçidan 83 nafari (66%) hojatxonada smartfondan foydalanişini ma’lum qilgan. Şularning orasidagi 43% qatnaşçida kolonoskopiya vaqtida gemorroy aniqlangan. Gemorroy mavjudligi kolonoskopiyada bevosita köz bilan tekşirilgan va ikki mustaqil endoskopist tomonidan baholangan.

Tahlillarga köra, telefonni hojatxonaga olib kiriş gemorroy xavfini 46% ga oşirişi mumkin. Mualliflarning ta’kidlaşiça, jarayonga sabab böluvçi asosiy mexanizm — hojatxonada uzoq muddat ötiriş: bu holat töğri içak sohasida bosimni oşiradi, vaqt ötişi bilan biriktiruvçi töqimalar böşaşişi va tomirlar kengayib, oğriqli tugunlar (gemorroy) paydo bölişi mumkin. Smartfon va ijtimoiy tarmoqlar odamga qança vaqt ötkazganini “sezdirmaydi”, şu sabab unitazda ötiriş vaqti uzayadi.

Tadqiqot mualliflari hojatxonaga kirişda telefonni taşqarida qoldiriş, unitazda 5 daqiqadan ortiq ötirmaslikka harakat qiliş va agar jarayon çözilsa, turib tanaffus qilib keyin qaytib ötiriş lozimligini qayd etgan. Bu oddiy çoralar ehtimoliy xavfni kamaytirişga yordam beradi.