2025 yil 1 sentabr holatiga, Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari 50,08 mlrd dollarni taşkil qildi. Zaxiralar qiymati ötgan oyga nisbatan 1,34 mlrd dollarga köp. Bu haqda Markaziy bank taqdim qilgan hisobotda keltirilgan.
Avgust oyi davomida zaxiralarning valuta qismi 49 mln dollarga qisqargan bölsa, oltin qismi 1,38 mlrd dollarga oşib 40 mlrd dollargaça köpaygan.
Zaxiralar tarkibida oltinning fizik hajmi ham 11,7 mln troya unsiyadan 11,8 mln troya unsiyaga oşgan.
Jahon bozorida oltin narxlarining oşib borişi fonida yil boşidan beri Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari sezilarli darajada köpaydi. 1 sentabr holatiga qayd etilgan 50 mlrd 87 mln dollarlik zaxiralar – mamlakat uçun tarixiy rekord körsatkiçdir.
Bundan taşqari, Markaziy bank tomonidan xarid qilingan qimmatli qoğozlarning qiymati ötgan oyda biroz oşib, 1 mlrd 16 mln dollarga yetgan.
Oltin narxining yil boşidan beri keskin kötarilişi global bozorlar bilan bevosita boğliq. Fevral–may oylarida jahon miqyosida geosiyosiy tangliklar va AQŞ federal rezerv siyosati tufayli oltin keskin qimmatlaşdi.
Iyulda esa qisqa muddatli pasayiş kuzatildi. Avgust–sentabrda narx yana tiklanib, bu davrda 3,4 foiz ösiş qayd etildi. Tahlilçilar fikriça, bunday tendensiya mavsumiy talab (ayniqsa Osiyo bozorida kuzgi töy mavsumi) va global iqtisodiy noaniqliklar bilan izohlanadi. 5 sentabr kuni oltin narxi tarixda birinçi marta 1 unsiya uçun 3 570 dollardan oşdi.












