Hujjat prezident farmonlari ijrosini ta’minlaş, jumladan, kiçik va örta biznes hamda elektrotexnika sanoatini rivojlantiriş çoralarini amalga oşirişga qaratilgan.
Qaror bilan bojxona hududida qayta işlaş bojxona rejimi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Bojxona hududida qayta işlaş bojxona rejimini soddalaştirilgan tartibda qöllaş quyidagilarni nazarda tutadi:
çet el tovarlarini qayta işlaş obektlariga olib çiqiş;
bojxona hududida qayta işlaş rejimida işlab çiqarilgan mahsulotni kooperatsiya tartibida boşqa işlab çiqaruvçilar tomonidan çuqur qayta işlaş uçun joylaştiriş;
birinçi mahalliy qayta işlovçiga xomaşyoni çet eldan xarid qiliş va tayyorlanmagan mahsulotlarni şartnoma asosida ikkinçi mahalliy qayta işlovçiga çuqur qayta işlaş uçun sotiş huquqi.
Tovarlar bojxona hududida qayta işlaş rejimida, Bojxona kodeksi va nizomga muvofiq berilgan ruxsatnomaga asosan joylaştiriladi. Tovarlarni ta’mirlaş uçun bojxona yuk deklaratsiyasi va zarur hujjatlar taqdim etilişi lozim. Agar ta’mirlaş uçun çet el tovarlarini almaştiriş yoki yetkazib beriş zarur bölsa, bu faqat bojxona organlarining ruxsati bilan amalga oşiriladi.
Aniq tovar turlari böyiça qayta işlaş amaliyotlarini ötkaziş uçun Bojxona qömitasidan alohida ruxsatnoma olinişi talab etiladi.
Qayta işlaş bojxona rejimi tovarning çet el mahsuloti maqomini saqlab qoladi, tayyor mahsulot esa bojxona qonunçiligiga muvofiq yetarli darajada qayta işlanganlik mezonlari asosida baholanadi.
Qayta işlaş rejimida joylaştirilgan tovarlardan foydalaniş quyidagi şartlarga rioya qilinganda mumkin:
- qayta işlaş muddatlariga rioya etiş;
- ruxsatnomada körsatilgan operatsiyalarni amalga oşiriş;
- qayta işlaşni belgilangan joyda va mas’ul şaxslar tomonidan amalga oşiriş;
- bojxona nazoratisiz boşqa tovarlar bilan aralaştirmaslik;
- hisobot yuritiş va bojxona organlariga ma’lumot taqdim etiş.
Bir yil içida qayta işlaş rejimi şartlarining bir neça bor buzilişi holatida, vakolatli şaxs Bojxona kodeksi talablariga muvofiq bojxona tölovlarini tölaşni ta’minlaşi şart.
Hujjat bilan, şuningdek, bojxona hududida va undan taşqari qayta işlaş uçun ruxsat etilgan tovarlar röyxati ham tasdiqlandi.












