Yevropa Ittifoqi (YeI) Qozoğistonga qarşi ikkilamçi sanksiyalarni birinçi marta qöllaş imkoniyatini körib çiqmoqda, deb yozdi Bloomberg öz manbalariga tayanib.

Naşr ma’lumotlariga köra, sanksiyalar qöllanilgan taqdirda, qurol işlab çiqariş uçun möljallangan uskunalarni Qozoğistonga yetkaziş taqiqlanadi. YeI Qozoğiston uşbu uskunalarni katta hajmda Rossiyaga qayta yönaltirayotganini da’vo qilmoqda.

Agentlik suhbatdoşlarining ta’kidlaşiça, qaror hali qabul qilinmagan, buning uçun Yevropa Ittifoqiga a’zo barça mamlakatlarning dalillari va qöllab-quvvatlaşi kerak.

Taklif etilayotgan çoralar Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarşi sanksiyalarining hozir muhokama qilinayotgan 19-paketining bir qismi bölişi mumkin. Yangi paket, şuningdek, Rossiya banklari va neft kompaniyalariga qarşi çeklovlarni kuçaytirişni, «yaşirin» flot tankerlarini qayta suğurtalaşni taqiqlaşni, uçinçi mamlakatlar neft treyderlariga qarşi sanksiyalarni va Rossiya harbiy sanoatida işlatilişi mumkin bölgan tovarlarni eksport qilişni taqiqlaşni öz içiga oladi.

Qozoğistonning bir qator kompaniyalari ilgari ham Yevropa Ittifoqi va AQŞ sanksiya röyxatlariga kiritilgan. Biroq endi butun mamlakatga qarşi ikkilamçi sanksiyalar birinçi marta muhokama qilinmoqda.