Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kia muhim marrani nishonlamoqda: Jizzaxdagi zavod konveyeridan yigirma minginchi Sonet chiqarildi
Kia Sonet O‘zbekiston bozoridagi mavqeyini yanada mustahkamlashda davom etmoqda; • Barcha Kia modellari orasida eng ko‘p sotilgan avtomobillarga ortib borayotgan talabni ta’minlab, zavod 20 000 dona avtomobil ishlab chiqardi; • Shahar smart-krossoveri ajoyib dizayn, zamonaviy jihozlar va yuqori darajadagi qulaylik bilan ajralib turadi.
Jizzax, O‘zbekiston
ADM Global kompaniyalar guruhi ADM Jizzakh zavodida Kia Sonet krossoverini ishlab chiqarish tarixidagi muhim yutuqni e’lon qildi. Korxona konveyeridan ushbu modelga mansub yigirma minginchi avtomobil chiqarilishi, mahalliy iste’molchilar orasida barqaror talab mavjudligining muhim tasdig‘i bo‘ldi.

Sonet 2024 yil mart oyidan boshlab «Jizzax» EIZdagi zavodda to‘liq texnologik siklda ishlab chiqarilayotgan Kia brendi turkumidagi birinchi avtomobilga aylandi. Ushbu yutuq komponentlarni lokalizatsiya qilish strategiyasining muvaffaqiyatini va iste’molchilarning mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bo‘lgan yuqori darajadagi ishonchini ko‘rsatadi.

«Ishlab chiqarilgan 20 000 dona avtomobillar soniga erishish korxonamiz rivojlanishidagi muhim bosqich va tanlangan ishlab chiqarish strategiyasining to‘g‘riligini tasdiqlashdir. Bizning ixcham krossoverimiz xaridorlar orasida tobora ommalashib borayotganidan faxrlanamiz. Kia Sonet haqiqatan ham O‘zbekistondagi xalq krossoveriga aylandi», - dedi Kia kompaniyasining O‘zbekistondagi brend direktori Georgiy Shoniya.
Avtomobillarni to‘liq siklda ishlab chiqarish nafaqat sifatli transport vositalarini yaratish, balki mintaqaning avtomobil sanoatini rivojlantirish imkonini beradi. «Kia bosh qarorgohini, ishlab chiqarish jarayonlarini, ADM Global va mahalliy komponentlar ishlab chiqaruvchilarning muvofiqlashtirilgan va faol ishini ta’kidlash kerak. Kompaniyaning strategik qarashlari va ulkan rejalari ishlab chiqarish, logistika va distributsiyadagi keng ko‘lamli vazifalarni tezkor hal qilishni ta’minladi», - dedi ADM Jizzakh bosh direktori Daniyar Davletiyarov.

Kia avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Kia avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va O‘zbekistondagi narxlari bilan kia.uz saytida tanishish mumkin.
Barcha Kia modellari 60 oy yoki 150 000 km (qay biri birinchi bo‘lib kelishiga qarab) tizim kafolati bilan ta’minlangan.
📞 Telefon: (+998) 55−500−83−33
Sayt| Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
Ma’lumot uchun:
Kia Corporation — bu mijozlar, mahalliy va global hamjamiyatlar uchun mobillik sohasida barqaror yechimlarni yaratishga intilib, mobillik mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan global brenddir. Kompaniya 1944 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda Kia 190 dan ortiq mamlakatlarda 3 million donaga yaqin avtomobillarni sotadi. Korporatsiya xodimlarining umumiy soni 52 ming nafardan ortiq kishini tashkil etadi. Kompaniyaning ishlab chiqarish maydonlari olti mamlakatda joylashgan. Kia elektromobillarga o‘tishni boshqarib, butun dunyo bo‘ylab shahar muammolarini hal qilishga yordam berish uchun mobillik xizmatlarini rivojlantirish bilan shug‘ullanmoqda.
ADM Global kompaniyalar guruhi 2020 yilda Kia brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori (www.kia.uz) sifatida o‘z faoliyatini boshlagan hamda mijozlarga sotuv va sotuvdan keyingi xizmatlarning to‘liq turini taqdim etib kelmoqda. 2024 yilda Jizzax shahridagi zavodda Kia avtomobillarini mayda uzelli yig‘ish texnologiyasi (CKD) yo‘lga qo‘yildi. Kompaniya ish boshlaganidan buyon O‘zbekistonda Kia avtomobillari sotuvining umumiy hajmi 60 000 dan ortiq avtomobillarni tashkil etdi. 2025 yil o‘rtalariga kelib, O‘zbekistonning 16 ta shahrida 25 ta Kia rasmiy dilerlik markazlari faoliyat yuritmoqda.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:00 / 17.11.2025
Yangilangan Kia K8 sedani O‘zbekiston bozoriga chiqishga tayyorlanmoqda
15:00 / 11.11.2025
ADM Jizzakh - O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlar sertifikatini olishga muvaffaq bo‘lgan birinchi avtomobil ishlab chiqaruvchisi
17:00 / 31.10.2025
ADM Jizzakh Kia avtomobillarini Tojikistonga eksportni yo‘lga qo‘ydi
17:00 / 10.10.2025