Madinaga hujum qilingani aytilmoqda
Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya husiylar bir neça kun oldin Madinadagi elektr taqsimlaş stansiyasiga hujum qilganini maʼlum qildi. Bu inşoot Islom dinining eng muqaddas qadamjolaridan biri «Masjidun Nabaviy»ni elektr energiyasi bilan taʼminlab keladi. Koalitsiyaning taʼkidlaşiça, hujum bitta transformatorni işdan çiqargan, ammo elektr tarmoğiga taʼsir qilmagan.
Saudiya boşçiligidagi koalitsiya – dron qoldiqlarini tekşiriş natijasida seşanba kungi hujumni amalga oşirişda husiylarning aloqadorligi tasdiqlanganini bildirdi.
Ammo husiylar bunday hujum uyuştirgani haqidagi daʼvolarni rad etdi. «Saudiya Arabistoni - husiylar muqaddas Makkani nişonga olgani haqidagi avvalgi ayblovini asoslay olmaganini yaşiriş uçun öylab topilgan navbatdagi yolğondir», deyiladi husiylarga qaraşli agentlik tarqatgan raddiyada.
Saudiya ikki hafta oldin Makka janubida, şahar ustidagi taqiqlangan havo hududiga kirmasidan avval husiylarning droni urib tuşirilganini aytgandi.
Keyinroq husiylar Yaman poytaxti Sano va boşqa hududlarga Saudiya tomonidan zarbalar berilganini xabar qildi.
Xalqaro miqyosda tan olingan Yaman hukumatiga köra, koalitsiya kuçlari poytaxt Sanodagi «yuqori ahamiyatli nişonlar»ga hujum qilgan, biroq bu borada qöşimça tafsilotlar keltirilmadi.
Putindan yadroviy tahdid
Agar Rossiya özining Boltiqböyidagi anklavi - Kaliningradni töğridan töğri hujumga uçradi, deb hisoblasa, ixtiyoridagi barça qurollardan foydalanadi. Bu haqda Valday taşqi siyosat forumidagi çiqişida prezident Vladimir Putin bayonot berdi.
«Agar gap Rossiya Federatsiyasiga töğridan töğri hujum qiliş haqida ketsa, bu holda biz Kaliningrad va boşqa hududlar haqida ham gapiryapmiz... Albatta, mamlakatimiz ixtiyoridagi barça qurollardan foydalaniş masalasi muqarrar va zudlik bilan kun tartibiga çiqadi», dedi u.
Putin NATÖni Boltiq dengizida Kaliningrad uçun jiddiy xavf tuğdiradigan harbiy-dengiz manyovrlarini ötkazişda aybladi. Agar hudud Ğarb qamaliga tuşib qolsa, Rossiya yadroviy quroldan ham foydalanişga tayyor bölişini taʼkidladi.
«Biz heç kimga tahdid solmayapmiz. Biz 2029, 2030 yoki 2050-yillarda heç kimga hujum qiliş niyatida emasmiz. Ammo agressiyaga duç kelsak, javob qaytarişga majbur bölamiz. Yevropa mamlakatlari fuqarolari buni töliq anglab yetişlari kerak». U Buyuk Britaniya va Fransiya kabi davlatlarning yadroviy imkoniyatlaridan xabardor bölsa-da, Rossiya ixtiyoridagi qurollar tengsiz ekanini qöşimça qildi.











