2025 yil avgust oyi yakunlariga köra, uy-joy oldi-sotdi şartnomalari soni 25 mingtani taşkil etdi va ötgan oyga nisbatan 4,6 foizga kamaydi, deya xabar berdi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.

Hududlar kesimida eng köp bitimlar Sirdaryo (34 foiz), Xorazm (29 foiz) va Surxondaryo (27 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.

Ikkilamçi uy-joy bozori

Özbekistonning ikkilamçi uy-joy bozorida narxlar mö’tadil dinamikani körsatdi. Iyul oyida 1,7 foizlik oşişdan söng, avgust oyida bir kvadrat metr uçun örtaça bozor narxi yana 1 foizga kötarildi. Yillik hisobda esa ikkilamçi bozordagi narxlar 4 foizga ösgan.

Hududlar darajasida ötgan yil avgust oyidan buyon uy-joy narxlarining eng yuqori ösişi Jizzax (14 foiz), Surxondaryo (17 foiz) va Sirdaryo (10 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.

Toşkent şahrida köçmas mulk bozoridagi vaziyat

Yillik hisobda avgust oyida ikkilamçi uy-joy bozorida örtaça narxlar 2,3 foizga pasaydi. Şu bilan birga, poytaxtda birlamçi uy-joy narxlari bir yil içida mö’tadil ravişda 0,7 foizga oşdi.

Toşkent şahrida ikkilamçi uy-joy bozorida narxlar 0,2%ga oşdi.

Ikkilamçi uy-joy narxlarlarining eng sezilarli pasayişi Mirzo Uluğbek (-6,3 foiz), Yaşnobod (-4,4 foiz) va Çilonzor (-4,6 foiz) tumanlarida kuzatildi. Şu bilan birga, yangi qurilgan uy-joylar segmentida eng yuqori narx ösişi Mirobod (6,6 foiz), Yakkasaroy (3,6 foiz) va Olmazor (2,6 foiz) tumanlarida qayd etilgan.