Ijtimoiy tarmoqlarda maktab öquvçilari özaro janjallaşgani töğrisida tarqalgan xabarlar böyiça Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, 11 sentabr kuni taxminan soat 22:30 larda Mirobod tumani Qöyliq mavzesi 2-uy oldida 2005 yilda tuğilgan ikki fuqaro özlariga notaniş bölgan yigitlar bilan oğzaki tortişib qolgan.

Şundan söng, B.F. hamda E.X. 2008 yilda tuğilgan Ş.O. bilan urişib ketgan. Söng B.F. voyaga yetmagan Ş.O.ga ötkir tiğli jism bilan tan jarohati yetkazgan. Oqibatda Ş.O. şifoxonaga yotqizilgan, uning soğliği şifokorlar nazoratida.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“bezorilik”) bilan jinoyat işi qözğatilgan.