Qarorga köra, Toşkent şahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali taşkil etiladi.
Filial faoliyatining asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹 muhandislik sohasida innovatsion yondaşuvlarni qöllay oladigan, çuqur ilmiy-texnik bilimlarga ega bölgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş;
🔹 muhandislik sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar ötkaziş.
Filialda ta’lim faoliyati 2026-2027 öquv yilidan boşlanadi.
Filialga talabalarni öqişga qabul qiliş davlat granti hamda tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.
2025-2026 öquv yilidan Moskva davlat texnika universiteti va Toşkent davlat texnika universiteti hamkorligida magistratura mutaxassisliklari böyiça qöşma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaş yölga qöyiladi.
Filial bitiruvçilariga Özbekistonda oliy ma’lumot töğrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.












