Jahon miqyosida bu e’tirof “Özbektelekom” AKning ilğor energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etiş, ekologiyani asraş, butun mamlakat uçun ijtimoiy ahamiyatli loyihalarni amalga oşiriş va korporativ boşqaruv hamda hisobot tizimlarini takomillaştirişdagi izçil harakatlarini körsatadi (ESG):

-       energiya tejamkor uskunalarni joriy etiş va tarmoqlarni modernizatsiya qiliş; biznes jarayonlarni raqamlaştiriş va qoğoz hujjat aylanişini qisqartiriş; kompaniyaning uglerod izini kamaytiriş böyiça loyihalar.

-       çekka hududlarda aloqa imkoniyatini kengaytiriş, raqamli tafovutni qisqartiriş; xodimlar uçun ta’lim va malaka oşiriş dasturlarini yölga qöyiş; inklyuzivlik va teng imkoniyatlar tamoyillarini qöllab-quvvatlaş.

-       şaffof korporativ boşqaruv tizimi va muntazam hisobot; xalqaro nazorat va hisobdorlik standartlarini joriy etiş; kompaniya, mijozlar va hamkorlar örtasida işonçni mustahkamlaş.

 «Kompaniya Özbekistonni raqamlaştirişda muhim rol öynaydi: “Özbekiston – 2030” strategiyasi amalga oşirilişini qöllab-quvvatlaydi va mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişga hissa qöşadi. “Özbektelekom” AK davlat iştirokidagi kompaniya hisoblanadi. U milliy optik tolali infratuzilmani boşqaradi, 286 583 km dan ortiq optik liniyalarga ega va butun Özbekiston böyiça 5G qamrovini ta’minlagan – bu esa MDHda birinçi bölib 5G milliy darajada joriy etilganini anglatadi.

Biz “Özbektelekom” AKning Özbekistonda mobil va statsionar tarmoqlarni işga tuşiriş, xizmatlarni modernizatsiya qiliş va raqamli texnologiyalarni joriy etiş borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadik. Kompaniyaning mis simlardan optik tolaga ötişi ijobiy qadam deb baholanadi: bugungi kunda (2025 yil holatiga köra) keng polosali tarmoqning 85 foizidan ortiği optik tolaga asoslangan», - deyiladi Sustainable Fitç'ning rasmiy bayonotida.

Yuqori ESG reytingi kompaniyaga keng imkoniyatlar yaratadi: xalqaro investorlar va hamkorlar işonçini mustahkamlaş, “yaşil” va barqaror moliyaviy vositalardan foydalaniş, şuningdek, BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlariga qöşilgan hissasini e’tirof etiş.

Bu yuksak baho nafaqat “Özbektelekom” AK, balki xalqaro moliyaviy-işbilarmonlik muhiti uçun ham muhim körsatkiçdir. U yurtimizning global standartlarga muvofiq barqaror kelajakka intilayotganini va Özbekistonning investitsiyalar uçun jozibadorligini körsatadi.

Ma’lumot uçun: Sustainable Fitch – dunyodagi yirik reyting agentliklaridan biri bölgan Fitch Ratings'ning maxsus bölinmasi. U kompaniyalarni uç yönalişda baholaydi: Ekologiya (E) – karbon çiqindilarini boşqariş, energiyadan oqilona foydalaniş va resurslardan samarali foydalaniş; Ijtimoiy soha (S) – xodimlar huquqlarini himoya qiliş va inson kapitalini rivojlantiriş; Boşqaruv (G) – şaffoflik, hisobdorlik va samarali menejmentni ta’minlaş.