Yaqin-yaqingaça aloqa operatoriga beriladigan asosiy savol juda oddiy edi: internet qaçon yaxşi işlaydi? Bugun esa internet deyarli hammada bor, uning tezligi esa bir yil içida bir yarim baravar oşdi. Bu masala kun tartibidan çiqdi. U bilan birga aloqa operatorining biz örganib qolgan roli ham özgara boşladi.

Eng qiziği esa endi boşlanadi. Yillar davomida aloqa xizmatlarini körsatib kelgan kompaniya endilikda elektromobillarni quvvatlamoqda, suğurta polislarini rasmiylaştiriş va uyga santexnik çaqiriş imkonini ham bermoqda. Yaqin vaqtgaça faqat balansni tekşiriş uçun oçiladigan ilovada esa bu xizmatlarning barçasi bir joyga jamlandi. Biz şunday yettita yönalişni sanab çiqdik va Uztelecom marketing departamenti direktori Jahongir Adilovdan bu özgarişlar qanday yuz bergani hamda kompaniya faoliyatining çegarasi qayerdan ötişini söraşga qaror qildik.

«Elektr energiyasi ham bir vaqtlar möʼjiza bölgan»

– Butun dunyoda telekommunikatsiya özining eng yuqori nuqtasiga yetgan sohadek körinmoqda. Ösiş uçun joy qolmagan, tariflar bosim ostida, eng qiziqarli jarayonlar esa tarmoqlar ustida - ularning negizida xizmatlar yaratayotganlar tomonida keçmoqda. Bunday taʼrifga qöşilasizmi?

– Qisman. Çegara bor, biroq u odatda köpçilik öylagan joydan ötmaydi. Aloqa haqiqatan ham tanqis bölmay qoldi, tanqisligi yöqolgan narsa uçun esa minnatdorlik bildirmay qöyişadi - muvaffaqiyatli yölga qöyilgan har qanday infratuzilmaning qismati şunday. Elektr energiyasi ham bir paytlar möʼjiza edi, bugun esa uni faqat öçib qolganida eslaymiz. Bu kompaniyaga alam qiladimi? Ehtimol. Ammo aslida, bu işning uddalanganidan dalolatdir.

Bu yoğiga yöllar ayriladi. Boriça qabul qilib, şunçaki aloqa yetkazib beruvçi bölib qoliş mumkin. Yoki allaqaçon barpo etilgan infratuzilma ustiga yana nima quriş mumkinligini öylab körsa böladi. Soha asosan ikkinçi yölni tanlamoqda: dunyoning eng yirik operatorlari tuşumining deyarli uçdan bir qismi aloqadan taşqari xizmatlar hissasiga töğri kelmoqda - yetti yil içida ularning uluşi 18 foizdan 28 foizga oşdi.

Aynan şu nuqtada sabab bilan oqibatni adaştirib yubormaslik muhim. Biz yana qayerdan pul topsak ekan deb izlanmadik: davlat kompaniyasida hisob-kitob boşqaça böladi. “Raqamli Özbekiston – 2030” strategiyasi mavjud bölib, oddiy odam tilida u juda jön narsani anglatadi: maişiy masalalar Toşkentda ham, Nukusda ham birdek tez hal bölişi kerak. Biz quyida söz yuritadigan xizmatlar yangi daromad manbalarini izlaşdan emas, aynan şu ehtiyojdan kelib çiqqan. Avval odamlarning muammosini hal qiliş, keyin esa iqtisodiyot. Bizning holatimizda teskari tartib umuman iş bermaydi.