Yevroparlament Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyenga işonçsizlik votumi böyiça yana bir bor ovoz beradi. Yevroparlament spikeri Roberta Metsola deputatlarga YeK rahbari böyiça ikkita ariza haqida ma’lum qildi, deb xabar qildi dpa manbalarga tayanib.
Uşbu ma’lumotlarga köra, ovoz beriş oktyabr oyining boşida bölib ötadi. Öng «Yevropa uçun vatanparvarlar» fraksiyasi va Söl fraksiya şu haqda ariza topşirgan. Takliflardagi tanqidlar birinçi navbatda fon der Lyayyenga qaratilgan, ammo qonunga köra, işonçsizlik votumi faqat butun Yevropa komissiyasiga qarşi bildirilişi mumkin.
Politico ta’kidlaganidek, qarama-qarşi siyosiy kuçlar tomonidan birdaniga ikkita işonçsizlik arizasi berilişi misli körilmagan hodisadir.












