Özbekiston foydali qazilmalarga boy mamlakat. Bu yerda har bir toğ – imkoniyat, har bir qatlam – kelajak, har bir mineral – yangi texnologiyalarning asosi. Bu yurtda Mendeleyev jadvalining 90 foizi mujassam. Bugungi kunda mamlakatning yerosti boyliklari 3 trillion dollarlik ulkan salohiyatga ega. Milliy boyliklarni kelajakka, global kaşfiyotlarga aylantiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan 2024 yilda Özbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) taşkil etildi.
Bugun dunyo özgarmoqda. Energetik ötiş, yaşil iqtisodiyot va raqamli transformatsiya davrida kritik minerallarga bölgan ehtiyoj har qaçongidan yuqori. Elektr transport vositalari, qayta tiklanuvçi energiya, kosmik va mudofaa sanoati, yuqori texnologiyali elektron qurilmalar barçasi texnologik metallarsiz mavjud emas. Özbekistonning geologik salohiyati esa bu yölda strategik kuç, TMK esa uni amaliy natijaga aylantirayotgan yetakçi kompaniya. TMK – oddiy kon qaziş kompaniyasi emas. U butun sanoat zanjirini öz içiga olib, “kon–metal–bozor” tamoyili asosida iş olib boradi. Qidiruvdan tortib, qazib oliş, qayta işlaş, ilmiy tadqiqot va tayyor mahsulotgaça — upstream, midstream, downstream bosqiçlari TMK ekotizimida mujassam. Bugun TMK 25 dan ortiq strategik xomaşyo turi, 70 dan ziyod loyiha ustida işlamoqda.

Qozoğistonning Olmaota şahrida joriy yilning 17-18 sentabr kunlari bölib ötgan Mining & Metals Central Asia 2025 körgazmasida ham Özbekiston texnologik metallar kombinati delegatsiyasi faol iştirok etdi. Uşbu nufuzli körgazmaga 30 ta mamlakatdan 500 dan ortiq kompaniyalar jam böldi. TMK ham öz loyihalari, investitsion imkoniyatlari, innovatsion yeçimlari va eng muhimi Özbekistonning toğ-konçilik, xususan, kritik minerallar sohasidagi ulkan salohiyatini dunyo maydoniga namoyiş qildi. Xususan, körgazma doirasida TMK vakillari 50 dan ortiq xalqaro kompaniyalar, investorlar va sanoat mutaxassislari bilan faol muzokaralar olib bordi. Bu kompaniyalar qatorida dunyoning eng yirik konçilik va texnologiya gigantlari, Yaponiyaning “Mitsubishi Materials”, Şveytsariyaning “Glencore”, Finlandiyaning “Metso”, Kanadaning “Silvercorp Metals”, Avstraliyaning “ALC” va “Mineral Technologies”, Niderlandiyaning “IHC Mining” kabi kompaniyalari mavjud. Şuningdek, TMK qator muhim kelişuvlarga erişdi. Jumladan, Xitoyning “Sunward” kompaniyasi bilan zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, Avstraliyaning “Mineral Technologies” va “Glencore” kompaniyasi bilan “Kelajak metallari texnoparki” loyihasini amalga oşiriş, volframni qayta işlaş, eng zamonaviy flotatsion texnologik uskunalarni işlab çiqariş, Qozoğistonning “Institut DV Sokolskiy” kompaniyasi bilan işlab çiqariş böyiça hamkorlik memorandumlari imzolandi. Bu hamkorliklar TMKning xalqaro hamkorlik xaritasini yanada kengaytirib, “Kelajak metallari texnoparki”da zamonaviy işlab çiqariş jarayonlarini yölga qöyişga xizmat qiladi.

– Bu yil men katta mamnuniyat bilan TMKga taşrif buyurdim. Bu korxona nodir metallarni qazib oliş va qayta işlaş sohasidagi yirik va yetakçi korxona hisoblanadi. Kompaniyamiz Özbekistonda bozorni faol rivojlantirişni rejalaştirmoqda va işonçli hamkorlarni izlamoqda. Menimça, kompaniyamiz va TMK örtasida hamkorlik uçun katta imkoniyatlar mavjud. Xususan, kombinat işlab çiqarayotgan mahsulotlar bizning texnikalarimizda muvaffaqiyatli qöllanişi mumkin, – deydi “Hunan Sunward Mining” kompaniyasi boş menejeri Li Le.

Şuningdek, “Metso” (Finlandiya) kompaniyasining bölimi boşliği Stepan Volkov TMK bilan volfram va molibdenni qayta işlaş, şuningdek, kompaniya loyihalari böyiça hamkorlik qilişdan mamnun ekanligini ta’kidladi.

Xalqaro körgazmaning eng muvaffaqiyatli voqealaridan yana biri bu Özbekiston texnologik metallar kombinatining jamoasining stendi “Eng yaxşi stend” sifatida e’tirof etilgani böldi. 500 dan ortiq kompaniya içida bunday e’tirofga ega böliş mamlakatimiz toğ-kon sanoatining kelajak qiyofasini şakllantirayotgan işonçli hamkor ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Mining & Metals Central Asia 2025 tom ma’noda Özbekistonning sanoat yutuqlarini namoyiş etiş maydoni va xalqaro miqyosda yangi imkoniyatlar sari yöl oçuvçi muhim platforma vazifasini bajardi.
Reklama huquqi asosida










