20-21 sentabr kunlari Toşkent şahridagi barça öquvçilar va talabalar yotoqxonalarida kunduzgi va tungi vaqtlarda maxsus-taktik öquv maşqlari ötkazilişi rejalaştirilgan. Bu haqda Toşkent şahar IIBB ma’lum qildi.
Xabarga köra, maşqlar “Yonğindan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligi doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ötkaziladi.
Boşqarmaning bildirişiça, FVV fuqarolar, bloger va ijtimoiy tarmoq administratorlaridan aholi orasida sarosima kötarmaslik maqsadida, mazkur öquv maşqlarini ötkaziş davridagi amaliy jarayonlarga oid materiallarni notöğri talqin qilmaslik, mavjud ma’lumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanişni söragan.










