Naşrda Özbekiston sönggi yillarda çinakam uyğoniş davrini boşidan keçirayotgani ta’kidlangan. Tarixi qadim zamonlarga borib taqaladigan Samarqand va Buxoro kabi şaharlarning betakror me’morçiligi va uluğvorligini köriş uçun dunyoning turli burçaklaridan odamlar uşbu mamlakatga oqib kelmoqda.
Maqolada Özbekiston poytaxti Toşkentni zamonaviy va megapolis şaharga aylantiriş böyiça keng kölamli bunyodkorlik işlari amalga oşirilayotgani qayd etilgan. Şaharni jahon andozalari darajasidagi muhim madaniy va ilmiy markazga aylantiruvçi loyihalardan biri – bu Özbekiston Milliy muzeyining qurilişidir.
"Uşbu loyiha Özbekiston san’at va madaniyatni rivojlantiriş jamğarmasi şafeligida amalga oşirilyapti. Mintaqadagi eng zamonaviy bino bölişi kutilayotgan muzey loyihasi yaponiyalik maşhur arxitektor Tadao Ando tomonidan işlab çiqildi", – deyilgan maqolada.
Unda Osiyodagi eng yirik san’at kolleksiyalaridan kutubxona, öquv zali, kitob dökoni, öquv xonalari, köp funksiyali auditoriya va restavratsiya laboratoriyalari joylaşadi.
Naşrda yozilişiça, bölajak muzeyda Özbekiston, Osiyo va Yevropadan eksponatlar ilk marta namoyiş qilinadi. "Özbekiston Milliy muzeyining oçilişi 2028 yilning mart oyida bölib ötişi rejalaştirilgan", – deya ma’lum qilgan Sukces.rp.pl.












